Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 2004 yilda dunyoning 41 mamlakatidan kelgan bilimdon maktab o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan sinov natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, finlyandiyalik o‘quvchilar eng aqlli deb topildi. Har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan «a’lo qatnashchi bahosi» dasturi asosida 15 yoshli o‘quvchilar o‘zlarining bilimlarini namoyish qiladilar. Bu yil tanlov matematika fani bo‘yicha bo‘ldi.
Eng yuqori ko‘rsatkichlarni Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Kanada, Belgiya, Shveytsariya va Yangi Zelandiya kabi davlatlar qatnashchilari ko‘rsatishdi. Finlar 544 ball bilan liderlikni egallagan bo‘lsalar, amerikaliklar 483 ball bilan 21-o‘rinni, ruslar 468 ball bilan autsayderlik kursisini band etishdi.
Ro‘yxat 359 ball to‘play olgan tunislik qatnashchi ismi-sharifi bilan tugaydi. Qizlar ham ancha yuqori bilim saviyasini namoyish etishdi. Garchi o‘smirlar ko‘rsatkichi kattaroq bo‘lsada, qizlarning tabiiy fanlarga xos iqtidori yana bir bor bo‘y ko‘rsatdi. Bilim ham iqtisodga bog‘liq ekan. Iqtisodiy jihatdan ta’minlangan oila farzandlari ancha yuqori natijalarni qayd etishdi. 2001 yilgi tanlovda ham finlyandiyaliklar g‘olib edi. Bu yil ham ularning omadi keldi.