Erasmus+ dasturi 2022 yilda Frantsiyaning Yevropa Ittifoqi kengashidagi raisligi doirasida Yevropa Yoshlar yilini ochish orqali 35 yilligini nishonlaydi. Bu haqda Frantsiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar beradi.
Ushbu universitet almashinuv dasturi tashkil etilganidan beri minglab yosh talabalarning chet elda ta’lim olishini ta’minladi. 1987 yildan beri 12 million Yevropa fuqarosi Erasmus+ dasturidan foydalandi.
Avvalroq O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari 2022 yilda Erasmus+ dasturining qaysi yo‘nalishlarida qatnashishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.