Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish bo‘yicha ko‘mak dasturi (BOMKA) Toshkentda chegara va bojxona idoralari o‘rtasida funktsional vakolatlarni o‘zaro onlayn tarzda topshirish masalalari bo‘yicha milliy seminar o‘tkazdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasining chegara va bojxona xizmatlari markaziy apparati, chegaradan o‘tkazish nazorat punktlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va nazorat etuvchi xodimlar qatnashdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad chegara va bojxona xizmatlari faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish va davlat chegaralarni kesib o‘tish punktlarida chegara va bojxona nazoratini maqbullashtirishda ko‘mak berishdir. Seminar davomida YeIga a’zo mamlakatlar tajribasi asosida funktsional vakolatlarni o‘zaro topshirishning turli modellari taqdim etildi va o‘rganib chiqildi.
Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish bo‘yicha ko‘mak dasturi (BOMKA) Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va YeIning hamkorlar konsortsiumi hamda Migratsiya siyosatini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshirilayotgan yetakchi dastur hisoblanadi.