Bobur. Chun falak qo‘ymas meni bir lahza vasl ayyomida (video)

Chun falak qo‘ymas meni bir lahza vasl ayyomida,
Tong yo‘q, ey bemehr, agar o‘lsam firoqing shomida.

Ey ko‘ngul, yuzin ko‘rub, zulfi parishonin sog‘in,
Shomi xijrondin tavahhum ayla vasl ayyomida.

Zulfidakim maskan etting, ko‘r zanaxdon choxini,
Voqif o‘lg‘ilkim, erursen ajdahoning komida.

G‘unchadek og‘zing g‘ami ko‘nglumda gar yo‘q, bas nedur
Chok ko‘nglum xay’ati gul g‘unchasi andomida?

Yorning payg‘omi yetkach, topti jon farsuda tan,
Iso e’jozi magar muzmardurur payg‘omida?

Bobur, ul gul zulfi ostinda emastur xollar,
Jon qushin sayd aylar uchun donalardur domida.

Zahiriddin Muhammad Bobur