Bepul ijtimoiy tadbirkorlik kurslariga marhamat!

Sahar ijtimoiy tadbirkorlik onlayn maktabi hozirda “Etakchilik va rahbarlik asoslari” hamda “Loyiha tuzish va boshqarish” bepul kurslarga arizalar qabul qilmoqda. Barcha kurslar olti hafta davom etadi va faqat onlayn tarzda olib boriladi.

“Etakchilik va rahbarlik” kursi  ijtimoiy tadbirkorlik g‘oyasini yaratish, strategik rejalashtirish, muomala qobiliyati va xodimlarni boshqaish sirlarini o‘rgatishdan iborat. “Loyiha tuzish va boshqarish” kursi esa loyihani tahlil qilish, byudjetini yaratish hamda uni yakuniga yetkazish bo‘yicha ko‘nikmalar beradi.

Kurslar ijtimoiy tadbirkorlik loyihasini yaratishga qiziqqan va jamiyat rivojiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lgan yosh yetakchilarga mo‘ljallangan. Asosiy talab kursda faol ishtirok etish, vazifalarni vaqtida bajarish va kurs natijasida o‘z loyihangizni yaratishdan iborat. Kursni samarali tamomlagan ishtirokchilar sertifikatga ega bo‘ladilar.

Kursga yozilish uchun www.saharschool.org saytidagi kurga yozilish arizasini to‘ldiring.

Savollar bo‘yicha [email protected] manziliga murojaat qiling.

Kurslarda o‘qing va o‘z ijtimoiy loyihangiz lideri bo‘ling!