O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Davlat mukofoti (ikki karra), «Tinchlik va ma’naviy hamjihatlik uchun» xalqaro mukofoti (Qozog‘iston) sovrindori – yozuvchi, tarjimon va muharrir Nosir Fozilov 2017 yil 13 yanvar kuni 89 yoshida vafot etdi.
Nosir Fozilov1929 yil 10 iyunda Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanining Qoriz qishlog‘ida tavallud topgan. O‘rta Osiyo Davlat universitetining tugatgan (1954).
Birinchi to‘plami — «Irmoq» (1959), «Oqim» (1962), «Robinzonlar» (1964), «Qush kanoti bilan» (1965), «Qorxat» (1968), «Ko‘klam qissalari» (1970), «Diydor» (1979), «Tanlangan asarlar», 2 jildli (1983— 84), «Bolaligim — poshsholigim» (1989), «Bir otar to‘pponcha» (1995), «Shum bolaning nabiralari» (1995), «Toshkentning nosi» (1996), «Munavvar lahzalar» (1997), «Eslasang, ko‘ngling yorishur» (2004) va boshqa asarlar muallifi.
Nosir Fozilov tarjimon sifatida ham samarali ijod qilgan. U Abay, Muxtor Avezov, Sobir Muqonov, G‘abit Musrepov, G‘abiden Mustafin, Abdulla Tojiboyev, Abdijalil Nurpeisov kabi ko‘plab qozoq adiblari asarlarini o‘zbekchaga ag‘darib, nashr ettirdi.