Joriy yil 26 sentyabr kuni Ozarboyjonda umumxalq ovoz berish tadbiri bo‘lib o‘tadi. 2016 yil 18 iyulda Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev “Ozarboyjon Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritish maqsadida umumxalq referendumi o‘tkazish to‘g‘risida” farmoyish imzolagan.
Ozarboyjon Saylov kodeksi 2.3-moddasiga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarda yashovchi fuqarolar saylov huquqidan to‘liq foydalanishi uchun chet mamlakatlarda ham saylov uchastkalari tashkil etiladi. Shunga asosan, Ozarboyjon Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida (“Sharq tongi” ko‘chasi, 25-uy) 26 sentyabr soat 08-00 dan 20-00 gacha saylov uchastkasi faoliyat yuritadi.