15 iyul — Turkiyada Demokratiya va Milliy birlik kuni

Bugun Toshkentda “Turkiyada 15 iyul — davlat to‘ntarishiga xoinona urinish bartaraf etilganining uch yilligi” mavzusida xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Unda qardosh Turkiyadan tashrif buyurgan olimlar, diplomatik korpus vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Konferentsiya 2016 yil 15 iyul sanasida shahid bo‘lganlar haqiga Qur’oni karim tilovati va ikki davlat madhiyalari ijro etilishi bilan boshlandi. Ushbu mash’um sana haqidagi hujjatli film namoyish etildi.

Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er janoblari 2016 yil 15 iyul kuni Turkiyada FETO terroristik tashkiloti tomonidan sodir etilgan va turk xalqining g‘alabasi bilan yakunlangan davlat to‘ntarishiga urinish haqida so‘zlarkan, “Bu tunda sodir etilgan katta xiyonatning bundan keyin boshimizga tushmasligi uchun hozir bizning zimmamizdagi eng muhim fuqarolik vazifamiz — o‘tmishdagi xatolarimizni ko‘rib, ulardan saboq olish va o‘sha tarixiy tunni aslo unutmaslikdir” dedi.

Konferentsiyaning asosiy qismida Turkiya Respublikasi Prezidentining Bosh maslahatchisi Yalchin To‘pchu, Turkiya Respublikasi Prezidenti Devoni Xavfsizlik va tashqi siyosat kengashi a’zosi Mehmet Akif Kirenj, Turkiya Respublikasi Xavfsizlik ishlari boshlig‘i Erto‘g‘rul Uchar va Islom Karimov fondi raisi Tursunali Qo‘ziyev ma’ruza qildilar.

2016 yil 15 iyul kuni Turkiya tarixida qonli fojea sifatida yodga olinadi. Turkiya Qurolli kuchlari ichiga sizib olgan va Fetullaxchi terroristik tashkiloti (FETÖ) a’zosi bo‘lgan harbiylar tomonidan amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinishning maqsadi Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga suiqasd uyushtirish, konstitutsion tuzum va parlament tizimini ag‘darish edi.

Bu urinish chog‘ida Anqara va Istanbulda bir vaqtda boshlangan bo‘lib, Istanbulda Bo‘g‘ozichi va Fotih Sulton Mehmet ko‘priklari, Otaturk nomidagi aeroport va Viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi zabt etildi, Anqarada esa Milliy xavfsizlik tashkiloti, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Go‘lbashi politsiya maxsus xizmat markazi kabi strategik idoralarga bombali xujumlar uyushtirildi.

Jumhuriyat tarixida ilk marta Prezident Devoni, Bosh vazir devoni va Turkiya Buyuk Millat Majlisiga qurollangan to‘da tomonidan qo‘lga kiritilgan samolyotlardan bomba yog‘dirildi. Buning natijasida tinch aholi vakillaridan 250 kishi halok bo‘ldi, 2000 dan ortig‘i esa yaralandi.

To‘ntarish harakati boshlangandan keyin biroz vaqt o‘tib, telekanallardan jonli efirda xalqqa murojaat qilgan Prezident Erdog‘an bu to‘ntarish harakati Turkiya Qurolli Kuchlari ichiga sizib kirgan terroristik tashkilotga a’zo bo‘lgan bir xovuch kimsalarning xujumi ekanligini ma’lum qildi.

Prezident Erdo‘g‘an o‘z murojaatida xalqini demokratiyasi va milliy irodasini himoya qilish uchun ko‘chalarga chiqib, bu terroristik hakaratga qarshi turishga chaqirdi va Turkiyaning barcha viloyatlarida yuzminglab xalq to‘ntarishchilarga to‘sqinlik qilish uchun ko‘chalarga chiqishdi.

Turkiya 15 iyul kuni nafaqat mamlakat tarixining eng qonli davlat to‘ntarishiga urininish balki juda ham keng qamrovli terroristik huruj bilan yuzma yuz keldi. Bunga javoban turk xalqining demokratiyani himoya qilish maqsadida ko‘rsatgan qarshiligi butun dunyonining diqqatiga sazovor bo‘ldi.

FETO oxirgi 40 yildan buyon davlatni qo‘lga olish maqsadida ta’lim muassasalari, madaniyat markazlari, kasbiy uyushmalar va nodavlat notijorat tashkilotlari orqali strategik idora va muassasalarga sizib kirmoqda. 2014 yildan beri mazkur tashkilot a’zolari davlat tashkilot va idoralaridan uzoqlashtirishga harakat qilingan bo‘lsada, 15 iyul kuni sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishiga urinish bu tashkilotning davlat tizimi ichida na qadar mustahkam o‘rnashib olganini ko‘rsatdi. Shuning uchun ham barcha davlat idora va tashkilotlarini FETO a’zolaridan tozalash maqsadida milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarga rioya qilgan holda, Turkiyada favqulodda holat tartibi e’lon qilindi.

“Hukumatimiz Fetullax Gulenning haqiqiy basharasini 15 iyuldan avval sezgan va uni fosh qilish harakatini boshlab yuborgan edi. Bu tuzilmaning davlat ichidagi gumashtalarini fosh etish uchun ish olib borayotgan edik va bu ishda muhim natijalarga erishgan ham edik. Lekin 15 iyul kuni sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishiga urinish yuzma yuz kelgan tahdidning tahmin qilganimizdan ham juda katta, juda chuqur va yashovchan ekanligini achchiq bir dars sifatida oldimizga qo‘ydi. Fetullax Gulen 40 yil davomida Turkiya davlatining tizginini qo‘lga kiritish maqsadida qurgan tuzoqning na qadar katta ekanligi ayon bo‘ldi. FETO chilar Fetullax Gulenning ta’limotiga ko‘ra, “hech kimga mavjud ekanliklarini sezdirmasdan tizimning qiltomirlari ichida harakat qilishgan” va bosqichma bosqich vujudning tananing muhim organlariga putur yetkazuvchi virusni qo‘zg‘atgan bir xastalik kabi deyarli “barcha kuch markazlariga” yetib borishgan edi. 15 iyuldan keyin o‘tgan bir yilni kuzatganimizda keng qamrovli ma’muriy va huquqiy surishtiruv hamda jinoyat qidiruv ishlari olib borildi. Davlat to‘ntarishiga urinishni rejalashtirgan va amalga oshirgan tuzilmalar haqida ko‘plab faktlar va daliliy ashyolar topildi” deydi Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim.

15 iyul kuni Turkiya Respublikasi va Turk millati tarixida demokratiyaning g‘alabasi sifatida qoladi.

Mavzuga oid maqolalar:

15 iyul – Turkiya qayta tug‘ilgan kun

Ahmet Bashar Shen: “FETÖ to‘dasi dunyoning ayrim mamlakatlarida xiyonat urug‘ini ekishda davom etmoqda”

Turkiya elchixonasida 2016 yil 15 iyul voqealari eslandi

Turkiya: 15 iyul fitnasi qatnashchilari jazosiz qolmaydi

Mehmet Akarja: “Turkiyani parchalab tashlamoqchi bo‘lgan kuchlarning umidi chippakka chiqdi”

Mehmet Chelik: “Rajab Toyib Erdo‘g‘on 15 iyulga qadar FETÖga qarshi yolg‘iz kurashgan edi”

Mavlut Chovusho‘g‘li: Xorijda FETÖga tegishli saksonga yaqin tuzilma yopildi