Mirtemir. Toshkent oqshomlari (video)

TOShKENT OQShOMLARI

Andijondan uchib kelayotgandik,
So‘ngi reys edi-da, kechqurun edi.
Sal o‘tmay ko‘rinur suyuk poytaht,
Mana yondashdik ham…
Hov, aziz Toshkent!
Bunchalar azamat, chiroyli va soz!

Kun sayin qadrli, suyuk, dilnavoz!
Erosti saroylar, ne muzaxona,
Muzaxona emas, tugal afsona!
Kun sayin yuksakroq uchar dovrug‘ing,
Kun sayin olisroq ko‘char yorug‘ing,
Kun sayin mashhursan, zo‘rsan nechog‘lik.

Ko‘llik va daryolik, gulzorlik, bog‘lik.
Kunduzi quyoshli, kecha chirog‘lik.
Ne olis kit’alar tilashur sog‘lik,
Seni tark etganlar mangu dil dog‘lik.
Andijondan uchib kelayotgandik,
O, sen! Yorqin oqshom, Toshkent oqshomi…

Mirtemir