«Hayrat» ko‘rsatuvi. O‘zbek she’riyatida istibdod va Istiqlol mavzusi (1997)

Adabiyotshunos Rahmon Qo‘chqorning «Hayrat» ko‘rsatuvi o‘tgan asrning eng mashhur adabiy ko‘rsatuvlaridan biri edi.
Ko‘rsatuvning ushbu sonida o‘zbek she’riyatining ilk avlodi — Cho‘lpon, Usmon Nosir; ikkinchi avlod — G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda, Asqad Muxtor; uchinchi avlod — Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva, to‘rtinchi avlod — Usmon Azim, Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Muhammad Rahmon she’rlarida istibdod va Istiqlol mavzusi haqida so‘z boradi.

O‘zTV «Ma’naviyat» tahririyati, 1997