Eshqobil Shukur. Ijod (video)

IJOD

Sahro qumlarida bir kaltakesak
Etti yuz yil dumin sudradi, yeldi.
Oqibat tarixi ne bo‘ldi, desak,
Tug‘ildi, yashadi va tug‘di, o‘ldi.

Ummonlar qa’rida bitta kapalak
Qirq sakkiz lahzada paymoni to‘ldi.
Qirq sakkiz lahzaning shirasin yalab,
Tug‘ildi, yashadi va tug‘di, o‘ldi.

Shular qatorida bor edi inson…
U Hayot va Xudo ma’nosin bildi.
Oqibat, tarixi boshqa jarayon —
Tug‘ildi, yashadi, tug‘di, tug‘ildi.

Eshqobil Shukur