Alisher Navoiy. O‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur (video)

O‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakiz yoshindadur.

Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakiz yil husni bor,
O‘n sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.

O‘n sakiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa, uldurur
Husn shohi, ul balolarkim ko‘zu qoshindadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun’ naqqoshindadur.

Tan anga siymu ichinda tosh muzmar ko‘nglidin,
Aqlg‘a yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur.

May ketur, ey mug‘ki, yuz hayrat aro qolmish
Masih, Bul-ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to‘kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

Alisher Navoiy