Alisher Navoiy. Sarv yanglig‘ jilva qilsang noz ila, ey sarvnoz (video)

Sarv yanglig‘ jilva qilsang noz ila, ey sarvinoz,
Jonlar etgaylar ayog‘ingg‘a fido ahli niyoz.

Tanda har na’l ichra bir til shakli zohir ayladim,
Dayr uchun jismim g‘ami ishqingg‘a yuz til birla roz.

Nuri ruxsoring ko‘ngulni qildi su, vah, ko‘rmaduk
Sham’ tobi uylakim andin lagan topqay gudoz.

Ul sanamkim,  qasri atrofida el bosh qo‘ydilar,
Qa’badekdurkim, qilurlar barcha soridin namoz.

Yo sipand et yuz o‘tig‘a ko‘zlarimning mardumin,
Yo yuzungni yopib ayla el ko‘zidin ixtiroz.

Ishq agar komildurur ma’shuqin mahkum etar,
Bo‘lmayin mahmud bo‘lmoq istama yoring ayoz.

Gar Navoiy yig‘lasa ishqing mijozidur demang
Kim, nazar pok aylagach, ayni haqiqatdur majoz.

Alisher Navoiy