Alisher Navoiy. Ko‘runur otashin la’ling dilafro‘z (video)

Ko‘runur otashin la’ling dilafro‘z,
Magar ollida chektim ohi jonso‘z.

Topilmas nur aro olamda xurshid,
Ko‘rungach ul jamoli olamafro‘z.

Visol ayyomi tong yo‘q ochsa ruxsor
Ki, doim ochilur gul bo‘lsa navro‘z.

Quyosh ostida gardun sabz xingi —
Ko‘runmas, mahvashim chun minsa ko‘kbo‘z.

Ko‘ngulga g‘am toshidin berma ramkim,
Hanuz ul sayd erur murg‘i navomo‘z.

Qadahni davridin tindurma bir dam,
Ko‘ngulni dahrdin topsang g‘amando‘z.

Ko‘p otting novaki dildo‘z, vahm et,
Navoiy ham chekardin ohi dildo‘z.

Alisher Navoiy