Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘ayu ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek ondin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘anda qorang‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha su kelgay, deb o‘lturmang meni
Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsakim qo‘ydi qadam
Yo‘lg‘akim avval qadam, ma’shuqi o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
Alisher Navoiy