Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.
Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Bo‘lsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.
Yuz alarning ishqicha dardu, balou g‘ussaga
Tolib ol boshiga qolgan mojaroda istangiz.
Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayndin,
Boxabar bo‘lmoq meni yuzi qaroda istangiz.
Ko‘nglum ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.
Nuqta yanglig‘kim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq o‘tining dog‘ini ahli vafoda istangiz.
Og‘zi shavqidin Navoiy itti, oni istar el
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.
Alisher Navoiy