APREL
Borliq kiyib olgan moviy bir libos,
El esar – bahorning pildiroqlari.
Qalbingda uyg‘otar ajib ehtiros,
Aprel osmonining qaldiroqlari.
Yomg‘ir taraladi ko‘m-ko‘k adirda,
Uzoq qirda esa yaltirar quyosh.
Bunday nafislik yo‘q hech bir atirda,
Ruhingni yayratar havo, tog‘u tosh.
Qofiya yig‘ishar she’rga – nazmga
Jajji jilg‘alarning shildiroqlari.
Atrofni chaqirar yashil bazmga
Aprel osmonining qaldiroqlari.
Abdulla Oripov
06.04.2015