Abdulla Oripov. Aksioma (video)

AKSIOMA

Oqillar ko‘payib ketsa ham agar,
Baribir yashaydi bitta devona.
Ortsa gar shoirlar soni muqarrar,
Topilgay o‘quvchi, mayli, bir dona.

Boylar yer yuzini egallagan dam,
Qaydadir bir yo‘qsil yurgaydir shaksiz.
Dunyoni baxtlilar chulg‘aganda ham,
Ularning ichida uchrar bir baxtsiz.
03.11.2014

Abdulla Oripov