Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji (Umarali Normatov va Ulug‘bek Hamdam suhbati) (2002)
(O‘zbek modern she’riyati, umuman modernizm xususida suhbat) Umarali NORMATOV: — Ulug‘bek, siz ham she’riyatshunos, ham shoir sifatida bugungi milliy she’riyatimizdagi jarayonlardan, qolaversa, zamonaviy jahon she’riyati, she’riyat ilmi haqidagi yangiliklardan yaxshi xabardorsiz. Oybekning zamonamizga hamohang «ko‘ngil she’riyati»ga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyangiz, hozirgi davomi…