Tohir Malik. Xalqqa haq gap kerak (1989)

Farg‘ona viloyatidagi fojialarning tafsiloti haqida gapirish niyatim yo‘q. Qanday mudhishliklar sodir bo‘lgan bo‘lsa — ko‘rsatildi, aytildi. Men fojia yuz bergan yerlarda ko‘rganimni emas, odamlardan eshitganimni siz, azizlarga yetkazmoqchiman. Men yurtimizdagi baobro‘ odamlar bilan Farg‘onada, Marg‘ilonda Toshloqda, Komsomolskda bo‘ldim. Marg‘ilonda bir davomi…

Bahodir Aminov. Farg‘ona: fojea, mish-mish, haqiqat (1989)

BOShGA KULFAT TUShGANDA Azal-azaldan donolik ruhida tarbiyalanib kelgan, mehr-oqibat tuyg‘ularini o‘zgalardan qarz olishga muhtoj bo‘lmagan xalqimiz: «Bir kun janjal chiqqan joydan qirq kun baraka qochadi», deb juda yaxshi aytgan. Shuning uchun janjal chiqishi dargumon tutilgan katta-kichik joylarga eng avvalo zukko davomi…

Nusratilla Rustamov, Muhammad Sodiq. Jarohat (1989)

Tabiatning go‘zalligi, kishilarning mardligi-yu mehri daryoligi, mehmondo‘stligi-yu odamjonligi bilan olamni lol qoldirgan Farg‘onaga nima bo‘ldi? Ko‘plab transport vositalari, binolarning yondirilishi moddiy zarar sifatida tiklanishi mumkin. Lekin insonning inson tomonidan jabrlanishini unutib bo‘larmikan? Voqea sodir bo‘lgan kundanoq axborot vositalarining yordamida ko‘zga davomi…

Abdulla Abdujalilov. Bo‘hton va haqiqat (1989)

Farg‘ona oblasti mesxeti turklari va o‘zbeklar o‘rtasida chiqqan nizo oqibatida ro‘y bergan voqealarga va ularni bartaraf etish yuzasidan qo‘llangan chora-tadbirlarga siyosiy baho berish lozim. Hech qanday dalilni yashirmaslik, bo‘yab ko‘rsatmaslik, kamaytirib yoki oshirib yubormaslik maqsadga muvofikdir. Chunki ana shu tamoyilning davomi…

Mirzo Kenjabek. Fitna san’ati (1990)

(Qonli Farg‘ona voqealariga doir ayrim mulohazalar) Ey, go‘zal Farg‘ona, qonli ko‘ylagingdan  aylanay!.. ChO‘LPON 1. PONTIY PILAT BAShORATI Farg‘ona voqealari matbuotda turlicha talqin etilayotgan kunlarda, 1989 yil iyunining 14-kuni «Izvestiya» ro‘znomasida «Farg‘ona: kulfatning oldini olish mumkinmidi?» sarlavhali maqola chiqdi. Maxsus muxbir davomi…

Yo‘ldosh Sulaymon. Bag‘ri qon Farg‘ona (1989)

Ona Farg‘onam, onajonim, nega yig‘layapsan, nega ingrayapsan, nega titrayapsan? Musibat qayerdan kela qoldi, uni kim olib keldi? Ana shu xunrezlikni, birodarkushlikni boshlab bergan, tinchingni o‘g‘irlagan, seni qon qaqshatgan kim o‘zi? Mehr-muhabbatning, qon-qardoshliknig yuziga oyoq qo‘ygan, o‘ziga yozilgan dasturxonga oyoq uzatgan, davomi…

V.Sokolov. Vaziyatni qo‘lga olaylik (1989)

Nihoyat Farg‘ona vodiysidagi ur-yiqitlar, o‘t qo‘yish-u odamkushliklarning yuraklarni ezib yuboradigan qayg‘uli xabarlari barham topdi. Biroq qaror topa boshlagan osoyishtalikning qat’iyligiga ishonish mushkul… Xo‘sh, shu kunlarda O‘zbekistonda nimalar bo‘layotir? Matbuot go‘yo bizni ko‘pdan-ko‘p, tezkor xat-xabarlar bilan ta’minlab turganday tuyuladi, lekin fojiali davomi…

Muhtarama Ulug‘ova. Marg‘ilonga maktub (1989)

Assalomu alaykum, onajon, sog‘misiz, bardammisiz? Yong‘inu qonlarga botgan shahrim, unga tutash shahar va qishloqlar haqida eshitganimda, jondoshlardan yiroqda simobdek titrab yashayapman-u, sizlarning ahvolingiz qanday kechayapti ekan? Gazetalar yozdilar, osmonlardan xabarlar oqib keldiki: «Mingga yaqin gazanda…», «Nasha va qoradori chekkan, mast davomi…

Ibrohim Rahim. Go‘zal Farg‘ona, senga ne bo‘ldi? (1989)

Shoirlarga ilhom bergan ipakday muloyim Marg‘ilonimizdan kelayotgan mudhish xabarlar azaldan insonparvar bo‘lmish xalqimning, har bir o‘zbekning qalbini tirnadi. Bu yerlarda kutilmaganda yuz bergan qonli fojia boshimizga g‘am-g‘ussa keltirib, qalbimizni qayg‘u-alamga to‘ldirdi. Farg‘ona tuprog‘ida kechagi do‘st-birodarlar orasida, shu kungacha ahil yashab davomi…

Muhammad Solih. Achchiq saboqlar (1989)

Men Farg‘onaga birinchi kuni, u yerda tartibsizliklar boshlangan kuniyoq uchib bordim. Marg‘ilon shahar partiya komitetida bo‘ldim. Marg‘ilon shahar partiya komiteti hamda Markaziy Komitet xodimlari va mahalliy Sovet vakillari bilan birgalikda o‘zaro nifoqni to‘xtatishga harakat qildik. Vaziyat biz o‘ylagandan ancha murakkabroq davomi…