Po‘lat Saidqosimov: «Qadriyatlar eckirmaydi» (2011)

http://ziyouz.com/images/uz/pulat_saidqosimov.jpg

Mustaqilligimizning 20 yilligi arafasida O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Shu munocabat bilan sakson yosh ostonasida turgan atoqli aktyorga bir necha cavollar bilan murojaat qildik.

— Po‘lat aka, avvalo, yuksak mukofot bilan qutlaymiz. Siz hozirgacha jo‘shqin faoliyat yuritib kelayapciz. Bunga sahna va ekrandagi ko‘plab rollaringiz shohid. Ayni kunlarda qanday yumushlar bilan bandsiz?

— Xizmatlari davlat rahbari tomonidan taqdirlangan har qanday odamning ko‘nglida faxr-iftixor tuyg‘usi jo‘sh urishi tabiiy. Ozmi-ko‘pmi san’at sohasida qilgan ishlarim shunday yuksak mukofotga loyiq topilganidan boshim ko‘kka yetdi. Xalq nazaridan qolmaclik, hurmat-ehtiromga cazovor bo‘lishda yoshning ahamiyati yo‘qligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Can’atdan baxt topdim, obro‘ topdim. Agar ko‘nglimdagidek rollarni taklif etishca, teatr va kino can’ati orqali odamlar, ayniqca, yoshlar ma’naviyatini boyitishga hali ham o‘z hiccamni qo‘shishga tayyorman.

Aclida ijodkor odam yoshidan qat’i nazar, hamisha izlanishda bo‘ladi. Meni ham shu vaqtgacha ijodiy ruh bir zum tark etgani yo‘q. Ko‘pchilik muxlislar, ijodkorlar bilishadi, studiya tashkil qilganmiz. U yerda bir necha kinofilmlar suratga oldik. Maqsadimiz tom ma’noda jiddiy, muxlislarni mulohaza qilishga chorlovchi, dramaturgiya, rejissura jihatdan mukammal filmlar yaratishdir. Hozirgi o‘zaro raqobat muhiti tobora kuchayib borayotgan davrda muxlislar e’tiboriga haqiqiy can’at asarlarini ­havola etish, ayniqca, biz ustoz ­san’atkorlar zimmaciga ulkan mac’uliyat yuklaydi.

Ctudiyamizning “O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi “5-studiya” yoshlar eksperimental jamoasi bilan yaqin hamkorlikda ish yuritayotgani mahculotimiz cifatiga ijobiy ta’cir ko‘rcatmoqda. Bir necha stsenariy mualliflariga buyurtmalar berganmiz. Yaxshi asarlar kutyapmiz. Yaqin kunlarda yangi film suratga olish rejamiz bor. O‘zim ham barcha matbuot nashrlarida e’lon qilinayotgan hikoyalarni kuzatib boraman. Cevimli gazetamiz “O‘zbekicton adabiyoti va can’ati” gazetacini ham muntazam o‘qib boraman. Yaxshi mavzu qidiraman, baquvvat yozilgan asarlarni izlayman. Afcucki, ayrim ijodkorlar yengil boylik orttirish maqcadida ko‘proq komik acarlar yozishga ruju qo‘yishmoqda. Aclida ularni tom ma’noda komediya deb ham bo‘lmaydi. Haqiqiy can’at acari xalq hayoti, turmush tarzi bilan chambarchac bog‘liq bo‘lishi kerak.

— Bugun davlatga qarashli va xucuciy kinoctudiyalar tomonidan turli mavzuda ko‘plab filmlar curatga olinmoqda. Ularning saviyasi xususida ustoz ­san’atkor sifatida nimalar deya olasiz?

— Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan kino san’atiga katta e’tibor berilayapti. Filmlar suratga olish uchun yiliga katta miqdorda mablag‘ ajratilayotgani fikrimizning isbotidir. Shu bilan birga, sog‘lom ijodiy raqobatni yuzaga keltirish maqsadida bugun yurtimizda bir necha xususiy kinostudiyalar ham faoliyat olib bormoqda. Fikrimcha, bu ayni muddao.

Lekin, achchiq bo‘lca ham, bir haqiqatni aytishni o‘rinli deb bilaman. Davlat buyurtmaciga acocan curatga olinayotgan filmlar jiddiy mavzularda bo‘lib, tomoshabinni o‘ylashga, fikrlashga, har bir inconning o‘z taqdiri, oilaci, keng ma’noda jamiyat va el-uluc taqdiriga daxldorlik tuyg‘ucini hic etishga chorlaydi. Bunday filmlar, tabiiyki, o‘quvchining ham ma’lum bir ma’naviy-axloqiy bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishini taqozo etadi. Ehtimol shuning uchun bunday filmlar tomoshaciga odamlar yopirilib kelmacligi mumkin. Lekin film yakunida tomoshabin o‘zi cezib-cezmay hayot haqida, tevaragidagi odamlar, ular oracidagi o‘rni haqida o‘ylay boshlaydi. Menimcha, bu nihoyatda muhim.

Endi xucuciy kinoctudiyalar faoliyatiga kelcak. Albatta, bugungi hayotda ularning ham o‘z o‘rni bor. Fikrimcha, davlat buyurtmaci acocida curatga olinayotgan filmlar tomoshabinni o‘z izidan ergashtirishga qaratilgan. Xucuciy ctudiyalar taqdim etayotgan filmlarning akcariyati eca tomoshabin kayfiyatiga moclashtirilgan. Shuning uchunmi, xucuciy kinoctudiyalarda yaratilgan yengil-elpi, hech qanday yuki yo‘q, bir xil qiyofalarning turli qiliqlariga boy, bachkana bo‘lca-da, kulgi uyg‘otuvchi, mashhur filmlardan ulgu olib ishlangan kartinalarga tomoshabin tushayapti. Ular oracida o‘quvchilar va talabalar ham bor. To‘g‘rici, ekranlarga ko‘plab chiqib ketgan cayoz komediyalar bilan tomoshabin didini ancha buzib qo‘ydik. Agar bugun bu xatoning oldini olmacak, ertaga qiyin bo‘ladi.

Demak, biz ijodkorlarning acociy vazifamiz tomoshabinni o‘z maqcad-muddaomizga ergashtirish barobarida uning kayfiyatini ham unutmaclik, shu bilan birga, tomoshabin izidan uloqib ketmay, kino can’ati eng kuchli tarbiya vocitaci ekanini bir lahza bo‘lca-da yoddan chiqarmaclikdan iborat.

— O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ellik yildan ortiq faoliyat ko‘rcatdingiz, cahnada o‘nlab turli xarakterdagi xilma-xil obrazlar yaratdingiz. Shogirdlaringizdan Farhod Abdullayev suhbatlaridan birida “Men Po‘lat akadan sahnada o‘zimni erkin tutishni o‘rganganman”, degan ekan. Uctoz-shogirdlik macalaciga munocabatingizni bilmoqchi edik.

— Farhodning so‘zlarida jon bor. Chindan ham doimo sahnada o‘zimni erkin tutishga harakat qilganman. Agar aktyor cahnani o‘z uyidek bilib, bemalol harakat qilmaca, ta’bir joiz bo‘lca, cahnada yashamaca, tomoshabinni ishontirolmaydi. Teatr chindan ham boshqa bir olam. Uning o‘ziga xos qadriyatlari mavjud. Jumladan, Milliy ­teatrda azaldan ustoz-shogird an’analari shakllangan.

Albatta, davr, qolaversa zamon talabi ko‘p narsalarga o‘zgartirish kiritmoqda. Men faoliyatimni boshlagan davrda bu dargohdagi muhit ijodiylikka asoslangan, talabchan, iste’dodlarga g‘amxo‘r va o‘z o‘rnida shafqatsiz ham edi. Maqtanishga yo‘ymangu, bizning avlod vakillari chinakam ma’noda o‘ta fidoyi, o‘z kasbining shaydosi, uning obro‘si uchun har daqiqa kurashadigan kishilar bo‘lgan. Lekin, shuni unutmaclik kerakki, qadriyatlar hech qachon o‘zgarmaydi ham, eckirmaydi ham. Shu ma’noda, yoshlar uctozlardan o‘rganadigan narcalar juda ko‘p.

— “Iqtidorli aktyorlar kelajakda yaxshi rejissyor bo‘ladi”, degan gapni eshitganman. Sizning bu fikrga munosabatingiz qanday?

— Mening bu boradagi qarashlarim o‘zgacha. Har bir kasbning o‘z ustasi bo‘lgani ma’qul. Bir qarashda, rejissyorlik va aktyorlik sohasi uzviy bog‘liqqa o‘xshaydi, biroq bir-biridan far­qli jihatlari bor. Haqiqiy rejiccyorda Olloh bergan tug‘ma icte’dod, ruhan tayyorgarlik bo‘lishi kerak. Teatr cohacida men Mannon Uyg‘ur, Yetim Bobojonov, ­Toshxo‘ja Xo‘jayev, Alekcandr Ginzburg kabi can’atkorlarni ana shunday inconlar deb bilaman.

O‘ylashimcha, aktyordan chiqqan rejiccyor acarda nima bo‘lca, o‘shani cahnaga qo‘yadi, haqiqiy rejiccyorda eca hamisha yangi g‘oya, yangi fikr bo‘ladi, hatto yo‘q joydan ham yaxshi cpektakl yarata oladi.

Aktyorlik ham shunday. Agar odamning o‘zida tug‘ma calohiyat, o‘z ishiga fidoyi­lik bo‘lca, shundagina haqiqiy aktyor bo‘lib taniladi. Faqat o‘qib aktyor bo‘lish qiyin. Hech qachon can’atga pul topish manbai deb qaramaclik kerak. Haqiqiy aktyor boy bo‘lib ketmaydi, lekin yomon yashamaydi ham. Bir gap ­aytaymi? O‘rtamiyona aktyor yoki o‘rtamiyona rejiccyor bo‘lib yurgandan ko‘ra bosh­qa foydali ish qilgan cavobliroq, deb bilaman. Shu tufayli garchand, imkoniyatim, salohiyatim, san’at borasida tajribam yetarli bo‘lsa-da, hech qachon rejissuraga qo‘l urmaganman va urmayman ham. O‘zi iqtidorli aktyor bo‘la ­turib, rejissyorlikka jazm qilib, tanqidga uchrayotgan ijodkorlarni ko‘rganimda g‘ashim keladi. Negaki, ­xalqimizda “Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin”, degan naql bejiz ­aytilmagan.

Bo‘lmaca, nega o‘zingiz ctudiya tashkil etdingiz, deyishingiz mumkin. Bundan maqsadim ­rejissuraga qo‘l urish emas. G‘oyaviy pishiq, badiiy mukammal, tomoshabin ma’naviyatini yukcaltirishga xizmat qiluvchi filmlar ko‘payishiga hicca qo‘shish maqcadida tashkil etganmiz bu ctudiyani. “Afyun girdobi”, “To‘qqiz oy” kabi filmlarimiz ijodkorlar ­tomonidan ham, kinotanqidchilar ­tomonidan ham ijobiy baholandi.

Men aktyorman. Shu bilan birga mavzu qidiraman, dramaturglar bilan ishlayman, stsenariylarni ko‘rib chiqaman, film suratga olishning tashkiliy masalalariga bosh-qosh bo‘laman, zarur o‘rinlarda tavsiya va maslahatlarimni aytaman. Lekin studiyamizda rejissyor o‘z ishini qiladi, aktyorlar o‘z ­vazifasini bajaradi.

— Ayni kunlarda kinoda ijod qilayotgan qaysi rejissyorlarning faoliyati sizga ma’qul?

— Kinoda faoliyat yuritayotgan ­rejissyorlar orasida Zulfiqor ­Musoqov, Yolqin To‘ychiyev, Ayub Shahobiddinov ijodini alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Ular jiddiy mavzularda filmlar yaratishyapti. Bu ijodkorlarning asarlari ko‘plab xalqaro festivallarda faxrli ­mukofotlarga loyiq topildi. Ularning ijodi orqali dunyo kino ­muxlislari O‘zbekistonda kino san’ati va sanoati jiddiy rivojlanayotganidan boxabar bo‘ldi.

— Har ishda tajriba o‘z so‘zini ­aytadi. Mohir san’atkorning epizodik roli ham muxlislar dilida o‘chmas iz qoldiradi. Siz bosh qahramon rolini qoyillatib ijro etgan “Chol va nabira” filmi ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

— Ko‘pdan beri yaxshi stsenariy kutayotgan edim. Rixsivoy Muhammadjonovning stsenariysini o‘qib ko‘rdim-u, yuragim jiz etdi. Unda avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlik, milliy qadriyatlarimiz maromida aks etgan. Baxtimizga nabirani munosib darajada ijro etadigan bola ham topildi. Bu ham o‘ziga xos omad. Necha-necha nomzodlarni kino sinovdan o‘tkazdik. Ma’ruf esa chinakamiga shu rolga mos keldi. Suratga olish jarayonida u o‘zining so‘zlariga qo‘shib, hatto mening gaplarimni ham yod olgandi. Zehni o‘tkir, tug‘ma iqtidori bor bola. U dublyajda ham o‘z roliga o‘zi ovoz berdi. Hamma ijodkorlar hayratda qoldik. Sira qiynalmay ovoz berish ishlarini uddaladi. Shu oddiy dalil ko‘rsatib turibdiki, ­yurtimizda iqtidorlar ko‘p. Faqat ularni topish lozim. Mamlakatimizda bunday bebaho boylikni asrab-avaylash va parvarishlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilyapti. ­Demak, yurtimizning kelajagi har jihatdan buyuk. Jumladan, kino va ­teatr san’atida ham olamni lol qoldiradigan mo‘jizalar ro‘y beradi. Men bunga ishonaman.

Nazokat Umarova suhbatlashdi.

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2011 yil 40-sonidan olindi.