Nabi Jaloliddin. Xudobexabar (hikoya)

Meni samo tushungaydir,Sen, ey inson, tushunmaysan.Muhammad Yusuf -Ha, Xudo yo‘q! -deb yubordi u qo‘qqisdan ovoz chiqarib.So‘ng qulog‘iga bir sukunat urildi. Haligina hammayoqni «visir-visir»ga o‘xshash yengil shovqin qamrab turganidi-ku. Aytganday, sinfxonadaydi-a. Ko‘z oldidagi xira parda ko‘tarilib, ro‘parasida o‘n besh chog‘li bola davomi…

Erkin A’zam. Bizning tog‘a (hikoya)

Balki eshitgan chiqarsiz, tog‘amizning ismi G‘azanfar. Supraqoqdisiga mehri bo‘lakchamidi, rahmatli bobomiz uni azza-bazza dabdaba otiga mindirib, erinmay, allanechuk maroq bilan nomini juftlab «Muhammad G‘azanfar» deb atardi. Bunday sharafga munosib ko‘rilgan farzandga muomala ham, tabiiyki, o‘zgacha bo‘ladi: kenja bolam, sen je, davomi…

Erkin A’zam. Ta’ziya (hikoya)

Ushbu hikoyaning dastlabki nomi «Do‘ppi» edi. Shunday she’ri borligini eslabmi, uni Muhammad Yusufga bag‘ishlamoqchi bo‘ldim. Asarning sarlavhasi o‘zgargach esa, shoir nomi bilan yonma-yon turishi xunukroq tuyulib, fikrimdan qaytdim. Ajabo…Bugun hikoyani suyukli inimning unutilmas xotirasiga bag‘ishlamoqdaman.Muallif O‘zbekning xonadonidan do‘ppi topilmasa-ya!—    Mana, davomi…

Shayboniyxon

Sulton Muhammad Shayboniyxon ibn Budoq Sulton ibn Abulxayrxon (1451-1510), (1500-1510) «Shayboniylar sulolasi» asoschisi (1500-1510), Abulxayrxonning nabirasi, Budoq sultonning o‘g‘li. Tug‘ilganda unga turkiylar odatiga ko‘ra ikki ism – Muhammad (arabcha) va Shayboniyxon (turkiycha) ismlari qo‘yilgan. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qo‘ygan. davomi…

Subhonqulixon

Subhonqulixon ibn Nadrmuhammadxon (1625 yil, Buxoro – 1702 yil 14 -sentabr) (1680-1702) Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. 1651-80 yillarda Balx hokimi.Nadrmuhammadxon Buxoro xoni bo‘lgach, o‘gli Subhonqulixonni Soli Saroy shahri, so‘ngra Balx viloyati hokimi qilib tayinlaydi (1642). Ko‘p o‘tmay u bu lavozimdan davomi…

Ubaydullaxon II

Ubaydullo Muhammad Bahodirxon ibn Subhonqulixon (1681 yil – Buxoro – 1711 yil 16-mart) (1702-1711) Buxoro xoni, ashtarxoniylar sulolasidan. Subhonqulixonning o‘g‘li. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Biroq Buxoro ulamolari va qo‘shinning davomi…

Ma’naviyatimiz va madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari

Tarixdan ma’lumki, Turkiston inglizlar, olmonlar, Xitoy va boshqa imperialistik mamlakatlar uchun o‘lja manbai bo‘lib kelgan. O‘rta Osiyoga yashirin yo‘l bilan turli maqsadlarni ko‘zlab kelib-ketgan ilmiy, harbiy ekspeditsiyalar, sayyohlar, tijorat vakillarini eng avvalo Osiyoning qimmatbaho, betakror boyliklari qiziqtirardi. 1931—1933 yillarda «Ost-Ind» davomi…