Muhabbat inson miyasini qanday boshqaradi?

Sevmagan insonlar uchun sevgi asab kasalligi, manmanlik, aqli zaiflik yoki vasvasadek tuyuladi. Bu tuyg‘u odamni yaqin do‘stlaridan, qarindoshlaridan deyarli umuman uzoqlashtiradi. Tinimsiz telefon qo‘ng‘iroqlari, serenada va shu kabi nolalarni hech ikkilanmay psixoz kasalligi deyish mumkin. Birinchilardan bo‘lib, neyrobiologlar ana shunday davomi…

Mening muhabbatim

Dunyodagi eng yaxshi ko‘rgan insonim bilan rosa yig‘lashdik. Ha, men jonimdan ortiq sevgan insonim meni mendan-da kuchliroq sevadi, buni uning har nafasidan sezib turaman. Uning so‘zlari meni yangidan hayotga keltiradi. Birgina qo‘ng‘irog‘imni qanchalik intiqlik ila kutishini, meni o‘ylab yig‘lashini, meni davomi…

Ming yillar sadosi

Beshik ko‘p asrlar avval hunarmandlarning aql-zakovati bilan ixtiro etilgan bo‘lib, u haqidagi ma’lumotlar o‘rta asr manbalarida, xususan, Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘atit-turk” asarida, shuningdek, Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida ham ta’riflangan. Uning kelib chiqishi haqida turli farazlar mavjud. Ko‘chmanchi xalqlarga davomi…

“Munajjim bashorati”ga kimlar ishonadi?

“Kiyimlarning ochiq va tarangini tanlang. Sevgi mojarolari bilan band bo‘lishingiz mumkin”. Bu radio orqali berilayotgan “munajjimlar bashorati”dan parcha. Muhtaram munajjimlar mazkur so‘zlari bilan nimani targ‘ib qilayotganlari tahlilini biroz keyinga qo‘yib turaylik-da, avvalo, hozirda alohida ilm sifatida e’tirof etilayotgan bu sohaning davomi…

Farog‘at qasri

Rivoyat qilishlaricha, Imomi A’zam Abu Hanifaning otalari Sobit bir kuni tahorat olmoqchi bo‘lib, ariq bo‘yiga kelibdilar. Shu payt ariqdan oqib kelayotgan bir qirmizi olmaga ko‘zlari tushibdi. Sobit olmani olib, bir tishlabdilar. Tishlabdilar-u, “Ie, bu qaysi bog‘ning olmasi ekan, egasini rozi davomi…

Munis xilqat

Ayollarni e’zozlash, jamiyatda ularga o‘zlarining mos o‘rinlarini berish bizning nafaqat farzandlik, balki insoniylik burchimiz hamdir. Yurtimizda, Sharq musulmon xalqlarida ayollarni hurmat qilish, ularni nafaqat moddiy-jismoniy, balki ma’naviy himoyalash an’anasi chuqur ildiz otgan. Ularga ko‘rsatish lozim bo‘lgan oliy hurmat namunasi payg‘ambarimizning davomi…

Yoshingiz nechada?

Insonlardan necha yoshga kirganlarini so‘rashni madaniyatsiz savol, deb hisoblashadi. Bu yozilmagan qonun noqulay vaziyatga solmaslik maqsadida o‘ylab chiqarilgan bo‘lsa kerak. Tavallud ayyomini kimdir yuzda kulgu, yana kimdir yurakda tashvish bilan qarshi oladi. “Yana bir yoshga ulg‘aydimmi?!”. Bu yoshlikka intiladiganlar havotiri, davomi…

Suvlar bormi – bir tush aytsak…

Bobom rahmatlining ibrat olsa arziydigan jihatlari, mo‘minga xos xislatlari bisyor edi. Ayniqsa hamma narsaning uvoli bor, isrofdan saqlanish kerak, deb ko‘p aytardilar. Ariqdan oqib kelgan non burdalarini chetga olib qo‘yarkanlar, boshlarini afsus bilan chayqardilar. Suvda mag‘zava, turli chiqindilar oqib kelsa, davomi…

Qo‘shningiz tinchmi?

Yaxshi-yomon kunlarda hamfikr, hamdard qidiramiz. Ko‘pincha ular oila bag‘ridan topilsa-da, yana kimnidir kutamiz, qadamiga intiq bo‘lamiz. Bu — qo‘shnimiz.Qo‘shnichilik xalqimizda qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Shunday qo‘shnilar borki, bir oila a’zolariday. Bir-birlariga munosabatidan ko‘nglingiz yayraydi. Yana shunday qo‘shnilar ham borki…