Dunyo hashamatli bir sallaga o‘xshar

So‘filardan biri xalqning o‘ziga e’tibor bermog‘i uchun boshidagi sallani ulkan qilib o‘radi; ichini bo‘z bo‘laklari bilan to‘ldirdi. Tabiiyki, bu haybatli sallani ko‘rganlar, ichida ancha gazlama bo‘lsa kerak, deb o‘ylardilar.So‘fi bir kun madrasaga ketayotganda o‘g‘ri sallani olib qochdi. So‘fi ortidan baqirdi:— davomi…

Majnun jon tuyasiga mingan edi

Laylining ishqi bilan yonib yurgan Majnunga bir xabar yetkazishadi:— Layli saharda bu qishloqtan anavi qishloqqa ketyapti. Majnun vaqt yo‘qotmasdan ortidan tushsa, unga etadi, tezda harakat qilsin…Majnun tuyasini hozirlab yo‘lga tushdi. Tuyaning yangi tug‘ilgan bir bo‘talog‘i bor edi. Onasiga yetolmasdan orqada davomi…

Sulton Mahmud va Ayoz

Sulton Mahmud G‘aznaviy bir kun ovga chiqdi. Yo‘lda bir ohuni ko‘rdi va orqasidan ot choptirdi. Ohu tog‘larni, vodiylarni.oshib borardi. Sulton Mahmud ohuning izidan qolmadi. Banogoh Turkman qishlog‘iga yetib bordi. Terga botgan edi. Bir eshikni taqillatdi, eshikni ochgan ko‘rkam yigitdan suv davomi…

Oz ta’ma ko‘p ziyon keltiradi

Faqir, soddadil bir odamning yaxshi qo‘chqori bor edi. Qo‘chqorining bo‘yniga arqon bog‘lab yetaklab ketayotgan edi. Ayyor o‘g‘ri uning iziga tushdi va arqonni kesib, qo‘chqorni olib ketdi. Quruq arqonni sudrayotgan odam to‘xtab orqasiga qaradi, qo‘chqori yo‘q. Qayg‘urib “Qo‘chqorim qayerda?” deya to‘rt davomi…

Bir ko‘za suv

Cho‘lda faqir bir sahroyi xotini bilan birga yashar ekan. Bir kuni kechasi xotini:— Barcha kambag‘allik va jafoni biz cheknpmiz, boshqalar umrini rohatda o‘tkazmoqda. Faqat biz faqirmiz.— Nonimiz yo‘q, boshqa ozuqalarimiz ham kam. Ko‘zamiz yo‘q, suvimiz esa ko‘z yosh. Kunduzi kiyimimiz davomi…

To‘tiqushning hiylasi

Bir savdogar uyida ovozi yoqimli, gapiradigan, quvnoq to‘giqushni parvarish qilar va u bilan ko‘nglini yozardi.Bir kuni tijorat uchun Hindistonga yo‘l tadorigini ko‘ribdi. Uydagilarning har biridan alohida alohida: “Aytinglar Hindistondan sizga nimalar olib kelayin? Nima xohlaysiz?” deb so‘rabdi. Har kim o‘z  davomi…

Nafs yirtqich arslon kabidir

Kimsasiz o‘rmonda haybatli bir arslon yashar edi. O‘rmondagi barcha hayvonlar undan bezor bo‘libdi. Bunday hayot kechirishdan qutulish uchun chora izlashibdi. O‘ylab o‘ylab, arslonga elchi jo‘natishibdi. Elchi:— Ey o‘rmonlar qiroli arslon… Har kun oramizdan birimizni tutib yemoqtasan. Bunga noroziligimiz yo‘q; shu davomi…

Juho va uning otasi

Mahallada bir odam qazo qilibdi, jasadi tobutga solinib, mozorga olib ketilarkan, tobutning orqasidan bir bola ham yig‘lab, ham baqirib:— Otajonim, sizni qayerga olib ketishyapti? Sizni tuproqqa ko‘mmoqchilar, oh otajonim, bu yer shunday qorong‘u va tor bir joyki, bu yerda na davomi…

Ahmoqning sevgisi

O‘rmonda ayiqni katta bir bo‘g‘ma ilon bo‘g‘ar, belidan o‘rab olib siqardi. Ayiq esa jon holatda baqirardi. Shu payt o‘tib ketayotgan o‘tinchi ayiq holini ko‘rdi va tezlik bilan qilichini chiqarib, ilonni ikkiga bo‘lib tashladi. Shunday qilib, o‘tinchi ayiqni o‘limdan qutqarib qoldi.Ayiq davomi…

Tadbirkor bog‘bon

Bog‘bon bog‘iga uchta o‘g‘ri kirganini ko‘rib qoldi. Bularning biri xalqqa fatvo beradigan faqih (olim), ikkinchisi payg‘ambar avlodidan ekanini aytuvchi bir zot,uchinchisi esa shayxga ko‘p   yillar murid bo‘lgan so‘fi edi. Bog‘bon o‘zicha o‘yladi. Hozir bularni tutib eplab bo‘lmaydi, kuch birlikta. Yaxshisi, davomi…