Hoji Muin. «Rishvat» xastalig‘i (1918)

Asrlardan beri odam bolalarini ezib, qurutib kelgan xastaliq (kasallik)larning eng yomoni va yuqumlisi rishvat xastalig‘idir. Rishvat xastalig‘i hisobsiz odam bolalarini xonavayron, bachagiryon va darbadar qilg‘on. Odam jinsining har bir sinfi orasinda rishvat xastalig‘i hukm surib kelg‘on. Aning panjai istilosindan podshoxdardan davomi…

Hoji Muin. Pora va poraxo‘rlik (1922)

O‘ktabr o‘zgarishining besh yillik bayrami munosabati bilan biz «Tayoq»imizning ushbu favqulodda sonini poraxo‘rliq qahramonlarig‘a bag‘ishlamoq bilan barobar bu sonda yolg‘uz «pora»ning lug‘aviy va izohli ma’nolaridan ham poraxo‘rlikning burung‘i va hozirgi hollaridan suvga tegmagan nodir va muhim ma’lumot berib o‘tamiz: «Pora», davomi…

Hoji Muin. Oxir zamon alomatlari (1923)

Eski «Aqoid» kitoblarimizda yozilg‘ondurkim, zamona oxir bo‘lib, qiyomat yaqinlashmoqda. «Ya’juj-ma’juj» degan bir jamoa maxluq paydo bo‘lib xalqning tinchlig‘ini buzib, dunyoni xarob etishga tirishadirlar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, har yerda «barkamol osoyish» bo‘ladir. «Ya’juj-ma’juj» jamoasining qanday maxluq ekanligi to‘g‘risida «ulamoi islom» davomi…

Hoji Muin. Azroilmi, soliqchimi? (1924)

Zamonimiz qiziq bir zamon bo‘ldi! Kunda bir zakun, soatda bir xil qonun chiqayotibdur. Magar Nikolay vaqtida bizdan biron noshukrlik o‘tgan ekankim, bukun Haq taolo «bolshevik» degan bir toifa maxluqni boshimizga musallat qildi… Xudoyo, tavba qildim. Yana o‘zing bilasan. Mulk o‘zingniki, davomi…

Hoji Muin. Tabiiy ishlar (1924)

Bizning yurtimiz, elimiz va hatto rasmiy idoralarimizda g‘ayri tabiiy qiliqlar, ishlar qancha ko‘b bo‘lsa, tabiiy ishlar ham o‘shancha ko‘bdir. Bulardan g‘ayritabiiylarini yozmay o‘tsaq, albatta, «Mashrab» qo‘rqdi, yoki mudohana yo‘lini tutdi deb haqqimizda «husni zan» qilg‘uvchilar chiqib qolishi tabiiy bo‘lg‘onidek, yozg‘onimiz davomi…

Hoji Muin. Maorif oyi (1924)

Birinchi avgustdan e’tiboran viloyatimizda «maorif oyi» boshlandi. Demak, bu oy masorif oyi emas, maorif oyidir. So‘z-qaror oyi emas, ishlash va tirishish oyidir. Bo‘lub o‘tgan maorif oylarida ishdan qo‘ra so‘zga, yugurishdan qo‘ra-uxlashg‘a va madoxildan ko‘ra – masorifga ko‘brak ahamiyat berilganligi uchun davomi…

Hoji Muin. Ikki ko‘runish (1924)

«Mashrab»ning bu sonidag‘i ikki ko‘runish, bizning nazari diqqatimizni o‘ziga xuddi qahrabodek tortib qo‘ydi. Uning biri – tanqid olamida yangi «usul», ikkinchisi -Zarafshon daryosinint bu kungi ajoyib va g‘aroyib holi. Shuning uchun bu to‘g‘rida bir-ikki og‘iz chaq-chaq qilmasdan o‘ta olmadik. Birovning davomi…

Hoji Muin. Yuqma kasal (1924)

Musulmonlar orasida ming uch yuz yildan beri ota-bobolaridan meros qolib kelgan juda qo‘rqunchlik yuqma kasal hukm surib kelayotibdirkim, ul ham xotunjallobliqdir. Bu kasal, qulg‘una va qaysari noxunadan ham yomonroq bo‘lib, sanoqsiz xotun-qizlarimizni baxti qaro qildi. Hadsiz singil-opalarimizni tiriklay qora tuproqqa davomi…

Hoji Muin. Ko‘rmaylik – kuymaylik (1924)

Bizning ota-bobolarimiz avliyo ekanmi yoki o‘z zamonlarida ularg‘a hazrati Xizr nazar qilg‘on ekanmikim, ularning davrlaridag‘i xayru barakot, omonliq, arzonchiliq bizning zamonimizda yo‘q. Yoki ularning qilib ketgan ishlarini va solg‘on imoratlarini bukun biz qila olmaymiz. Hatto ulardan nusxa-nishona qolg‘on katta binolarni davomi…