Said Ahmad. Suyanchiq (hajviya)

Nima balo bo‘ldiyu Qumri xolaning Mozambik degan yurtni ko‘rgisi kelib qoldi. Aslida-ku u bunaqa mamlakat borligini bilmasdi. Qayoqdan nevarasi rangli televizorni burab qo‘ygan ekan, Mozambikda paxta ekishga yordamlashayotgan o‘zbek mutaxassislari orasida qoraqalpog‘istonlik musobaqadoshi Guloyim Shirimbetova ekranda lop etib ko‘rinib qolsa davomi…

Said Ahmad. «Qo‘riqxona» (hajviya)

Tayyor hikoya Odatda yozuvchi biron asar yozmoqchi bo‘lsa, bosh qahramonining tashqi qiyofasini bir odamdan, qiliqlarini bir odamdan, sarguzashtini yana bir odamdan oladi. Voqea o‘tadigan joyni har xil yerlardan yig‘ib, yaxlit bir manzara yaratadi.Shu yil bahorda respublikamizning janubiy rayonlaridan biriga borganimda, davomi…

Said Ahmad. Luqmon (hajviya)

Luqmonbek mahallada otning qashqasi. Ertalab bozorga ketayotganida ikki qo‘li ko‘ksida, hammaga tavoze bilan salom beradi. Qaytishda kayfi taraq bo‘lib, ertalab sa-lomiga alik olganlarni turtib o‘tadi. U ilgarilari odamlarnikida binoyidek g‘isht quyib, tom suvab, tirikchiligini o‘tkazib yurardi. Nima balo bo‘ldi-yu, bozorga davomi…

Said Ahmad. Hodivoy (hajviya)

Terimga tayyorgarlikning borishi haqida Hodnvoy rais axborot berar ekan, pastdan luqma tashlab gapini gapiga qovushtirishmadi.— «Hoy Hodi, sensiz tayyorgarlikni ko‘rib qo‘yganmiz. Yaxshisi, kurortda qanaqa dam olganingni gapirnb qo‘ya qol»!Rais, «gapiraymi-yo‘qmi, birpas xap tursanglar-chi», degandek qilib zalga qoshini kerib, yelkasini kisib davomi…

Said Ahmad. Janoza (hajviya)

Zokirjon madaniyat uyining mudiriga uchrashdi.— Uka, kechasi kinodan chiqadiganlar ariqqa tushib ketishyapti. Ko‘prik qurdirib qo‘ysangiz bo‘lmaydimi?— Xo‘p bo‘ladi.Mudir xo‘p bo‘ladi, deb qo‘ydi-yu, ko‘prikni qurmadi. Zokirjon yana uchrashdi.— Uka, ko‘prikni qurmadingiz-ku. Arzimagan narsa, ikkita taxta-yu, to‘rtta qoziq bilan bo‘ladigan gap.— Bo‘pti, davomi…

Said Ahmad. Qo‘ldoshich (hajviya)

Uning asli ismi qanaqaligini, o‘zi qayerda ishlashini birov aniq bilmaydi. Tanigan ham, tanimagan ham uni Qo‘ldoshich, deb chaqiradi.Shu Qo‘ldoshich ko‘pdan beri qurilish trestiga qarashli taxta omboriga suqilishni niyat qilib yurardi. Ko‘p urinib ko‘rdi, eplolmadi. Trest boshlig‘ini tanimasa, unga nima deb davomi…

Said Ahmad. Palovga e’tibor (hajviya)

(Pazanda maslahati) Palov sharq xalqlari o‘rtasida keng tarqalgan ovqat bo‘lib, revolyutsiyadan oldin uni qo‘l bilan yeyishgan.Boy-feodallar mehnatkash xalqni palovni to‘g‘ri iste’mol qilishdan mahrum qilib kelganlar. Ular bir lagan oshni yetti-sakkiz kishining o‘rtasiga qo‘yib, kim qancha osham olishini hisoblamagan holda ular davomi…

Said Ahmad. Qoyilman (hajviya)

(G‘irt yolgon hikoya) Vokzalga shoshilayotgan edim, ko‘cha o‘rtasida taksi to‘xtatdim. Shofyor yaxshi bola ekan, shartta eshikni ochib tushdi-yu, qo‘ltig‘imdan olib ichkariga kiritib qo‘ydi. Vokzalga yetgunimcha ellik to‘qqiz tiyin bo‘ldi. Saxiylik qilib oltmish tiyin berdim. Shofyor yonini kovlab, bir tiyin qaytib davomi…