Said Ahmad. Qarigan qasam (hajviya)

Kampir tushida o‘lib qolganmish. Choli belini boylab yig‘lash o‘rniga hiring-hiring kularmish. Ayniqsa, jasadi qabrga qo‘yilayotganda choli allaqaysi ashulani xirgoyi qilayotgan emish.Kampir cho‘chib uyg‘onib ketdi. Qarasa, choli bemalol xurrak otyapti. U jahl bilan cholining biqiniga bittani soldi. Chol hovliqib o‘rnidan turib davomi…

Said Ahmad. Buzoq (hajviya)

(A. Qahhorning g‘azabiga uchragan hikoya) Sotimjonni ko‘rmaganimga roppa-rosa yigirma sakkiz yil bo‘pti. O‘rta maktabni bitirganimizda ikkalamiz ham o‘n yettida edik.Ittifoqo uni shu bugun uchratib qoldim. Semirib ketibdi, negadir labidan, og‘zidan eski xurmachaning isi keladi.Bundan yigirma sakkiz yil oldin uning qanaqaligini davomi…

Said Ahmad. Bir latifa aytaymi? (hajviya)

Hajviy fojia Nurmatjon magazindan aroq olganida, «uyga borib, yonboshlab maydalayman», deb o‘ylagan edi. Lekin sumkasidagi shisha har gal oyog‘iga tekkanida eti seskanib, og‘zining so‘lagi oqaverdi. Oxiri chidamay, choyxonachidan bitta piyola so‘rab, «picha yutib olishga» qaror qildi.Choyxonada mahalla oqsoqollari gurung qilib davomi…

Said Ahmad. Suyanchiq (hajviya)

Nima balo bo‘ldiyu Qumri xolaning Mozambik degan yurtni ko‘rgisi kelib qoldi. Aslida-ku u bunaqa mamlakat borligini bilmasdi. Qayoqdan nevarasi rangli televizorni burab qo‘ygan ekan, Mozambikda paxta ekishga yordamlashayotgan o‘zbek mutaxassislari orasida qoraqalpog‘istonlik musobaqadoshi Guloyim Shirimbetova ekranda lop etib ko‘rinib qolsa davomi…

Said Ahmad. «Qo‘riqxona» (hajviya)

Tayyor hikoya Odatda yozuvchi biron asar yozmoqchi bo‘lsa, bosh qahramonining tashqi qiyofasini bir odamdan, qiliqlarini bir odamdan, sarguzashtini yana bir odamdan oladi. Voqea o‘tadigan joyni har xil yerlardan yig‘ib, yaxlit bir manzara yaratadi.Shu yil bahorda respublikamizning janubiy rayonlaridan biriga borganimda, davomi…

Said Ahmad. Luqmon (hajviya)

Luqmonbek mahallada otning qashqasi. Ertalab bozorga ketayotganida ikki qo‘li ko‘ksida, hammaga tavoze bilan salom beradi. Qaytishda kayfi taraq bo‘lib, ertalab sa-lomiga alik olganlarni turtib o‘tadi. U ilgarilari odamlarnikida binoyidek g‘isht quyib, tom suvab, tirikchiligini o‘tkazib yurardi. Nima balo bo‘ldi-yu, bozorga davomi…

Said Ahmad. Hodivoy (hajviya)

Terimga tayyorgarlikning borishi haqida Hodnvoy rais axborot berar ekan, pastdan luqma tashlab gapini gapiga qovushtirishmadi.— «Hoy Hodi, sensiz tayyorgarlikni ko‘rib qo‘yganmiz. Yaxshisi, kurortda qanaqa dam olganingni gapirnb qo‘ya qol»!Rais, «gapiraymi-yo‘qmi, birpas xap tursanglar-chi», degandek qilib zalga qoshini kerib, yelkasini kisib davomi…

Said Ahmad. Janoza (hajviya)

Zokirjon madaniyat uyining mudiriga uchrashdi.— Uka, kechasi kinodan chiqadiganlar ariqqa tushib ketishyapti. Ko‘prik qurdirib qo‘ysangiz bo‘lmaydimi?— Xo‘p bo‘ladi.Mudir xo‘p bo‘ladi, deb qo‘ydi-yu, ko‘prikni qurmadi. Zokirjon yana uchrashdi.— Uka, ko‘prikni qurmadingiz-ku. Arzimagan narsa, ikkita taxta-yu, to‘rtta qoziq bilan bo‘ladigan gap.— Bo‘pti, davomi…

Said Ahmad. Qo‘ldoshich (hajviya)

Uning asli ismi qanaqaligini, o‘zi qayerda ishlashini birov aniq bilmaydi. Tanigan ham, tanimagan ham uni Qo‘ldoshich, deb chaqiradi.Shu Qo‘ldoshich ko‘pdan beri qurilish trestiga qarashli taxta omboriga suqilishni niyat qilib yurardi. Ko‘p urinib ko‘rdi, eplolmadi. Trest boshlig‘ini tanimasa, unga nima deb davomi…