Said Ahmad. «Chekilmasin» (hajviya)

(Taqriz) Ma’lum bir mazmunni ma’lum bir shaklda ifodalash masalasi ma’lum bir badiiy ijodning ma’lum bir bosh masalasidir. Mazmunning birlamchiligi va hokazolar xaqida, ayniqsa, uning yetakchiligidan qo‘llanish haqida gapirish shu kunda ayniqsa ma’qul va maqbuldir.Mana shu nuqtai nazardan qaraganda, shu kunlarda davomi…

Said Ahmad. Egizak (hajviya)

Tolibjon mudrab, arang uyiga yetib keldi. Ikkinchi kavatga chiqqanida ham ko‘zi biyo-biyo bo‘lib, tikka turganicha uxlab qolgudek holi bor edi. U shu mudraganicha eshikka kalit solib ochdi-yu, xotinini uyg‘otib yubormaslik uchun faqat koridor chirog‘inigina yoqib, o‘rta uyga nim qorong‘i yorug‘lik davomi…

Said Ahmad. Tosh (hajviya)

Gapdan-gap chiqib, odamzodning pastkashi qanaqa bo‘lishiga borib taqaldi. Shunda bir kishi salmoqlab gapga aralashdi:— Rahmonali degan bir oshnam bor edi. O‘zi umrida biror joyda yolchitib ishlamagan. Ammo har oyda bir marta pochtachi qirq ikki so‘m yigirma tiyin opkelib beradi. Avvaliga davomi…

Said Ahmad. Pochchajon… (hajviya)

Temir-tersak buyumlari zavodining direktori ellik yoshga to‘ldi. Mana shu qutlug‘ marosimni nishonlash uchun zavod aktivlari klubga yig‘ilishdi. Yubiley komissiyasining raisi — bosh injener Umrzoqov minbarga chiqdi. U noz-ne’matlari bilan to‘lgan katta stolga uzoq tikilib turgandan keyin bir tamshanib olib, so‘z davomi…

Said Ahmad. Omonat (hajviya)

Fojia Birovga ham yedirmaydigan, o‘zi ham yemaydigan qattiqqo‘l boshbux bor edi. Shu bechora yaqinda o‘ldi.Boshbux stolga ko‘pdan ko‘z tikib yurgan bir xudo urgan pombux bor edi. Boshbux o‘ldi-yu, uning oyoq-ko‘li chaqqon tortib qoldi.Pombux idora ishiga, boshbuxga sadoqatini ko‘rsatish niyatida janoza davomi…

Said Ahmad. Egar bozori (hajviya)

Hazil Butun respublikadagi jamiki magazinlarni aylanib chiqsangiz, prilavkada chang bosib yotgan egar, arqon, arava mixini ko‘rasiz. Bu mollar o‘n-o‘n besh yillardan beri sotilmay yotadi. Ammo shaharning qoq o‘rtasidagi xo‘jalik mollari do‘konida bu mollarning urug‘i ham topilmaydi. Har haftada bazaga shu davomi…

Said Ahmad. Mushtipar (hajviya)

Teskari hikoya Qizim, senga aytaman, Kelinim, sen eshit.Maqol U ichkuyov edi. Xotini ishga ketganda idish-tovoqlarni yuvib, bolani kiyintirar, kiyimlariga dazmol bosib, hammayoqni orasta qilib qo‘yardi. Bu orada un elab, xamir qorardi, sigir sog‘ib, qatiq ivitardi, qo‘l mashinasini shitirlatib, bolasiga har davomi…

Said Ahmad. Karnay (hajviya)

Muzeyni tomosha qilgani kelganlar «Muzey berk, remont» degan yozuvni o‘qib, qaytib ketaverishardi. Ammo soqoli ko‘ksiga tushgan, ikki lunji filning qulog‘iga o‘xshab osilgan bir chol eshikni ochasan, kirib karnayimni ko‘raman, deb ikki oyog‘ini bir etikka tiqib turib oldi. Qorovul tushuntirsa ham davomi…