Said Ahmad. Chuchvara (hajviya)

Majlisda unga:— Sen bola, chuchvarani xom sanab yuribsan. Shoshma hali, jo‘jani kuzda sanaymiz. Bu qanaqasi, sirkang suv ko‘tarmaydigan bo‘lib qopti, — deyishdi.Xoliqning tepa sochi tik bo‘lib ketdi. U uch yildan beri paxta brigadasida boshliq. Brigadaga o‘tishdan avval parranda fermasida, undan davomi…

Said Ahmad. Gugurt (hajviya)

Ishdan juda tabiatim ravshan qaytdim. Endi qo‘limga gulqaychini olib ayvonga chiqqan edim, eshik taqillab qoldi.— Aytgancha, esimdan chiqibdi,— dedi jiyanim. — Mirvali aka ikki marta o‘g‘lini chiqazdi. Uyida mehmonlar bor emish, chiqarmishsiz. Hoynahoy yana bola chiqazadi.Eshikni ochsam, darhaqiqat, Mirvalining o‘g‘li. davomi…

Said Ahmad. Dum (hajviya)

Zaynobiddin o‘ylab qarasa, shu kunlarda o‘qituvchilarning moyanasiga baraka kirib, tirikchiliklari binoyiday bo‘lib qopti. Eski kasbiga qaytishni niyat qilib qo‘ydi. Shu maqsadda ariza ko‘tarib maorifga bordi. Maorif mudiri uni yaxshi taniydi. Bir vaqtlarda o‘zi o‘qitgan. Yettinchini bitirganda birga tushgan fotosuratlari ham davomi…

Said Ahmad. Sag‘ana (hajviya)

O‘lik degan o‘z izzati bilan kafaniga o‘ralib, tobutda qimirlamay yotgani durust bo‘larkan. Tobut yo‘lakda, kafan g‘assolning yelkasida. Ammo murda hovlida kelgan-ketganlarga qo‘l qovushtirib, derazadan patnis uzatib, ko‘ngil so‘raganlarga: «Bandalik ekan, qandoq qilay…» deb yursa, juda xunuk ko‘rinar ekan.Mahalla qorovuli tong davomi…

Said Ahmad. Kataysa (hajviya)

Qosimjon mashinada xotinini bir aylantirmoqchi bo‘lib turganda, eshik taqillab qoldi. Chiqsa singlisi bilan kuyovi. Aka-singil o‘rtasida andak gap qochganidan ular anchadan beri ko‘rishishmagan edi. Qosimjon katta boshini kichik qilib yo‘qlab borolmadi, singlisi har qalay ayol kishi emasmi, o‘zi eshik qoqib davomi…

Said Ahmad. Yo‘g‘on tepa (hajviya)

Bugun shanba, idora xodimlariga maosh berilayapti. Odatda idora boshliqlarining hurmati uchun kassir kabinetga vedomost ko‘tarib kiradi.Qodirov kassir uzatgan pulni sanamay, stol tortmasiga solar ekan, dedi:– Nuraliyevga ayting, kirsin!Sal o‘tmay, bosh buxgalter Nuraliyev kirdi.– Menga qarang, bugun bir otamlashmaylikmi? Maoshni bo‘lsa, davomi…

Said Ahmad. Bosh og‘rig‘i (hajviya)

Iskandarov boshqarmadan eshitadiganini eshitdi. Olib kelgan hujjatida yana xato. Ikki yuz o‘ttiz ming o‘rniga ikki yuz o‘ttiz yozilibdi. Hujjatga qo‘l qo‘yayotganda yaxshi qaramagan ekan. Mana, boshqarma plan bo‘limida uni rosa qizartirishdi.Hozir Iskandarov mashinada o‘zidan o‘zi ming‘illab kotibaning go‘riga g‘isht qalab davomi…

Said Ahmad. Paypoq (hajviya)

Orifjon shu trestga ishga o‘tgandan beri xotinidan tinmay gap eshitadi. Trest boshlig‘i serulfat odam ekan. Har kuni ishdan keyin Orifjonni mashinaga o‘tqazib, shahardan tashqariga opchiqib ketadi. Soya-salqin choyxonalarda oshxo‘rlik qilishib, qosh qorayganda javob beradi.Albatta, bu xil o‘tirishlarda hadeb boshliqqa sarf davomi…

Said Ahmad. Oshqovoq, 2 (hajviya)

Homidjonovni yangi tuzilgan bir tashkilotga boshliq qilib yuborishdi. Yangi tashkilot bo‘lgandan keyin kamchiligi ko‘p. Mayda-chuyda kamchiliklar Homidjonovning ko‘ziga ko‘rinmadi. Ammo mashinasi yo‘qligi uni ko‘p qiynab qo‘ydi. Yangi idoraga o‘tgan kuni eski idorasi izzat-hurmat bilan mashinada opkelib qo‘ydi. Odamlar bilan tanishdi, davomi…