Otauli. Shafqat (hikoya)

Biydek dala. Oppoq qor. Achchiq izg‘irin. Bu dunyoda xas-xashakka qirg‘in kelganmi, nima balo! Tumshug‘ingni to ko‘zinggacha muzdek qorga botirib titkilaysan, ahyon-ahyonda tarashadek qotib ketgan kakrayu yantoq poyalari tilingga ilashadi, xolos. Na ta’mi bor, na bir maza-matrasi. Topilganiga shukur qilib, ikki davomi…

Otauli. Hisobot (hikoya)

O‘zbekdek o‘ziga o‘zi g‘alva orttirib, o‘z qobig‘iga o‘z ixtiyori bilan o‘ralib, kundalik tashvishlarga ko‘milib yashaydigan xalq bu olamda tag‘in bormi ekan?! Har bir o‘zbekning boshida bir dunyo tashvish – dunyo tashvishi: uylanish, o‘g‘il-qizlarni o‘stirib-undirish, ularga sep yig‘ish-uy qurish, keyin uzatish-uylantirish, davomi…

Otauli. Haddi Iskandariy (tarixiy hikoya)

Er yuzida haq va adolatni qaror toptirish yo‘lida butun G‘arbu Sharq, jumladan, Arabistonu Hindiston, Eronu Turon tuproqlarini egallab, kuni kecha Isfijob bilan O‘trorni zabt etgan Iskandar Zulqarnayn qo‘shini favqulodda shujoat bilan Yassi qal’asi tomon ot surdi. Qal’aga taxminan o‘n chaqirimcha davomi…

Tog‘ay Murod. Er-xotin (hikoya)

Yo‘q, ular Anhor bo‘yida uchrashmadi. Uchrashuvda o‘ziniki qilib aytish uchun kitoblardan she’rlar ko‘chirib olmadi. O, men seni sevaman, sensiz yashay olmayman qabilidagi mavsumiy so‘zlarni so‘zlashmadi. Lablar topishganda qizning uzun tovoni yerdan sal ko‘tarilmadi. Yo‘q, yigit qizni bezorilardan qutqarib qolmadi…Yaxshi shoir davomi…

Tog‘ay Murod. Ku-ku-ku… (hikoya)

I U juda oriq, o‘zi sariq bo‘lgani uchun siyraklashib qolgan sochlariyam sarg‘ish. Qachonlardir yaxshigina she’rlar yozib, endi rasmiy ishlar girdobiga tushib, nazmiy tuyg‘ulari so‘nib qolgan. Sal engashib, ohista-ohista, nimalarnidir o‘ylab, xafaqon kasali bilan og‘rib yuradi. Xafaqon kasaliga yo‘liqqandan buyon ichmaydi, davomi…

Tohir Malik. Xotira (hikoya)

1 Zuhrani qarg‘ashdi. Sultonni la’natlashdi. Ikkovlari g‘am g‘azab toshlari bilan toshbo‘ron qilindilar. Mish-mish gaplar tuprog‘iga ko‘mildilar. -Ular avvaldan don olishib yurishar ekan, qochib ketishganmish… -Voy o‘lmasam, qochib ketishganmish-a… -Ha, qochib ketishibdi… …kim biladi, balki to‘g‘ridir… -O‘lib qo‘yaqolsin, juvon o‘lgur, bolasini davomi…

Tohir Malik. Uloq (hikoya)

Haybatali oftobning kuchsiz nuriga yelkasini toblab o‘tirgan kampiriga parvo qilmay to‘g‘ri otxonaga kirib ketdi. Pastki tomoni yer chizadigan bo‘lib qolgan omonat eshikning xunuk g‘ijirlashini eshitgan kampir “keldingizmi?” deganday otxona tomon qarab qo‘ydi. Ichkaridan otning pishqirishi, keyin unga urilgan shapatining, so‘ngra davomi…