Nabi Jaloliddin. Umr (hikoya)
Chol o‘rnidan turib, paypaslab choponini axtardi. Derazadan tushayotgan yoruqqa tutib, o‘ng-tersini to‘g‘riladi-da, yelkasiga tashladi va «yo bismillo» deya qo‘zg‘aldi.o‘ujanak bo‘lib tgan qizi 0hamon uyqudan uyg‘onmagandi. Cholning har safar qiziga ko‘zi tushganida yuragi eziladi — bechoraning baxti oschilmadi-da, buning ustiga dard davomi…