Echki, qo‘y va bo‘rilar
Bir bor ekan bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir odamning bir echkisi bilan bir qo‘yi bo‘lar ekan. U qo‘y bilan echkini rosa boqib semirtirgan ekan. Bir kuni echki egasining «Echkini so‘yib yeymiz», degan so‘zini eshitib, tezda qo‘yining yoniga yetib boribdi-da:— davomi…
Qo‘ng‘iz bikach
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadimgi zamonda bir Qo‘ng‘iz bikach bor ekan. U yolg‘iz yashar ekan. Kunlardan bir kun Qo‘ng‘iz bikach erga tegmoqchi bo‘lib, yo‘lga chiqibdi. Necha oy, necha kun yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib bir sahroda davomi…
Chu-chu mekunam
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonlarning birida bir chumchuq bo‘lgan ekan. Ko‘rmagan joyi, yurmagan yeri yo‘q ekan. Kunlardan bir kuni ovqat izlab yurib, daladan bir ko‘sak topib olibdi. Chumchuq o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, ko‘sakni tishlaganicha ko‘sak chuvib o‘tirgan davomi…
Qo‘y bilan bo‘ri
Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, o‘tgan zamonda bir ona qo‘y bilan bir qari bo‘ri o‘tgan ekan.Qo‘yning to‘rtta qo‘zisi bor ekan. Bo‘ri qo‘zilarning barra go‘shtlarini yeyish orzusida doim payt poylab yurar ekan, ammo hech ilojini qilolmas ekan. Oxiri davomi…
Ovchi, Ko‘kcha va Dono
I Bir zamonda bir ovchi bor ekan. Bir kuni u dalaga chiqibdi, yerga tuzoq qo‘yib, o‘zi bir pana joyda pusib o‘tiribdi. Bir gala kaptar uchib kelib, chinorga qo‘nibdi, yerga tushib donlamoqchi bo‘libdi. Kaptarlar orasida Ko‘kcha degan keksa bir kaptar bor davomi…
O‘tinchi chol bilan tulki
Bir kambag‘al chol bor ekan. Har kuni cho‘llardan o‘tin-cho‘p, yantoq terib, eshagiga ortib kelib, bozorda sotar ekan. Har kuni chol cho‘lga o‘tinga chiqish vaqtida xotini ikkita chavati qilib berar ekan. Kunlarning birida chol cho‘lga ketayotsa, bir tulki yo‘lini to‘sib, ikki davomi…
Chivinboy
Chivinboy uchib borib, yantoq ustiga qo‘nibdi. Yantoqning tikani uning tumshug‘iga kiribdi. Chivinning qahri kelib, echki akasining oldiga boribdi:— Echki aka, echki aka, shu yantoqni yesangiz-chi, — debdi. Echki:— Qoch, o‘shanga meni ro‘para qilma! Ko‘m-ko‘k o‘t, barra maysa turganda, endi sening davomi…
Tulki bilan tovus
Ertagiyo ertagi, echknlarning bo‘rtagi, qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, ola qarg‘a azonchi, qora qarg‘a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to‘rg‘ay to‘qimchi ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul davomi…