Yanglish Egamova 1943 yilning 2 mayida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Olchin qishlog‘ida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining xorijiy filologiya fakultetida tahsil olgan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Tarjima nazariyasi va til ilmiga oid bir qancha ilmiy maqolalar muallifi.
Yanglish Egamova nemis allomasi, jahon xalqlarining sevimli adibi, shoiri, dramaturgi Iogann Volfgang Gyote asarlarining tarjimoni sifatida dong taratdi.
Yanglish Egamova 1975 yilda Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romanini G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida nashr ettirgan. Shundan so‘ng Bruno Apitsning “Qashqirlar changalida” romani, Volfgang Borxertning hikoyalari, Firts Vyurtlening Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi “Andijon shahzodasi” qissasi, Gyotening “Muhabbatnoma” nomli saylanma kitobi, “Yosh Verterning iztiroblari” (qayta nashr), “Hamroz dillar” romanlari Yanglish Egamova tarjimasida chop etilgan.
Yohann Peter Ekkermanning Gyote hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Gyote bilan gurunglar” nomli yirik kitobining Yanglish Egamova tarjimasida nashr etilgan.