Xayriddin Sultonov (1956)

Xayriddin Sultonov 1956 yil 19 yanvarda Toshkent viloyati Qibray tumanining Tuzel qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1978).

«Guliston» (1974—1980), «Yoshlik» (1982—1985) kabi jurnallarda, G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida (1980—1982, 1985—1993) ishlagan. 1993 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul vazifada ishlaydi.

«Quyosh barchaga barobar» (1980), «Bir oqshom ertagi» (1983), «Onamning yurti» (1987), «Umr esa o‘tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992), «Boburiynoma» (1997), «Saodat sohili» (2005) kabi nasriy kitoblari nashr etilgan.

«Changak», «Moziydan bir sahifa», «Mehrobdan chayon» kabi videofilmlar hamda «Tushlarimda ko‘rib yig‘layman», «Yozning yolg‘iz yodgori» stsenariylari asosida badiiy filmlar suratga olingan. «Sarhovuzning bo‘ylarida» (1992) nomli dramasi ham bor.

A. Sent-Ekzyuperi, I. Nagibin, V. Shukshin kabi adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

«Shuhrat» medali (1996), «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).