To‘xtamurod Jo‘rayev (1934-2008)

Jo‘rayev To‘xtamurod Jo‘rayevich (1934.25.10, Toshkent – 2008) — matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989), O‘zbekistonda xizmtg ko‘rsatgan fan arbobi (1991), fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1973).

ToshDU ni tugatgan (1958), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori (1974-85), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida direktor (1985—92 va 1997 yildan), ToshDU rektori (1992—95), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1995—2000).

Ilmiy ishlari xususiy hosilali differentsial tenglamalar va chegaraviy qatlam nazariyasiga oid. Uning aralash va aralash-qo‘shma tipli tenglamalarga oid ishlarida yangi chegaraviy masalalar o‘rganilib, muhim natijalar olingan; matematik fizikada muhim tatbiklarga ega bo‘lgan chegara-viy qatlam nazariyasiga oid ishlarining axdmiyati katta.

To‘xtamurod Jo‘rayev bir qancha xalqaro akademiyalar va xalqaro jamiyatlar a’zosi. Ko‘p jildli (1-, 2-j., T., 1999) «Oliy matematika asoslari» darsligi hammuallifi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (1992—95), 1-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). «Do‘stlik» (1996), «Mehnat shuhrati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.