Sayyor (Sayyorpo‘lat Fayzullayev) 1932 yili Toshkentda tug‘ilgan. Shoira Gulchehra Jo‘rayevaning turmush o‘rtog‘i.
Uning birinchi she’ri 1953 yilda e’lon qilingan. Birinchi «Qalb harorati» nomli kitobi esa 1960 yilda chop bo‘lgan. Shundan buyon uning o‘zbek, rus va boshqa tillarda o‘ttizga yaqin she’riy va nasriy asarlari bosilib chiqqan. Jumladan, «Boshsiz haykal» (1961), «Fidoyingman» (1962), «Qachon katta bo‘laman» (1965), «Bir kecha xayoli» (1965), «O‘ttiz yoshim» (1968), «Hulkar» (1969), «Parvona» (1970), «Dengizdan tomchilar» (1972), «Yillab kuyganim» (1973), «Musaffo fasl» (1978), «Bolg‘a zarbi» (1982), «Odam borki…» (1981), «Ancha katta bolaman» (1982), «Chorraha» (1985), «Umr qo‘shig‘i» (1986), «Halollik va faollik» (1989), «Uyqudagi tosh» (1989) kabi she’rlar, qissalar to‘plamlari va bolalar uchun yozilgan asarlarini sanab o‘tish mumkin.