Muhammadjon Xoliqiy (1890, Qo‘qon — 1938.18.11, Buxoro viloyati) — ma’rifatparvar pedagog. Qo‘qon va Buxoro madrasalarvda o‘qigan.
1910 yili o‘z uyida yangi usul maktabini ochgan va bolalarni o‘qitgan; shoir Charxiy shu maktabda o‘qigan. 1917 yili Qo‘qondagi «Ta’limi maorif» («Maorif tarqatish») jadidlar tashkilotida sarkotib bo‘lgan. 1917—26 yillarda Qo‘qondagi dorilmuallimin (1920 yildan ta’lim-tarbiya texnikumi)da husnixat, ona tili va adabiyotdan dars bergan; dorilmualliminda yozuvchi Abdulla Qahhor, akademiklar T. Zohidov, J. Saidov o‘qigan. Ayni paytda 1918—28 yillarda Qo‘qondagi 11-maktabda o‘qituvchi.
1929—30 yillarda va 1937 yildan millatchilikda ayblanib, hibsda bo‘lgan. Turmada vafot etgan.
1913 yildan jadid matbuotida ilm-ma’rifatga doir maqolalarini e’lon qilgan. «Turkiy alifbo» darsligi (1916), «Jumhuriyat nima?» (1917) risolasi muallifi.