Muhammadjon Xolbekov 1950 yilda Samarqandda tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining roman-german filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Samarqand davlat pedagogika institutida, Samarqand davlat universitetida kafedra mudiri, fakultet dekani, filologiya yo‘nalishi bo‘yicha himoya kengashi a’zosi bo‘lib ishlagan. 1982 yilda nomzodlik, 1989 yilda doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan.
1999-2005 yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti frantsuz filologiyasi fakulteti dekani va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
2006 yildan Jizzax davlat pedagogika institutida, O‘zbekiston jahon tillari universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti va Samarqand davlat chet tillar institutida yosh tadqiqotchilarga rahbarlik qilgan.
Muhammadjon Xolbekovning frantsuz adabiyotidan qilgan o‘nlab tarjimalari nashr etilgan.
Uning “O‘zbek adabiyoti Frantsiyada”, “Amir Temurning Yevropa qirollari bilan yozishmalari”, “Uilyam Shekspir”, “XX asr modern adabiyoti manzaralari” kabi risolalari nashr etilgan.