Hamid Ziyoyev (1923-2015)

Hamid Ziyoyev (1923.15.6, Toshkent – 2015) – tarixchi olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori, professor (1968), Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan (1946).

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti ilmiy xodimi (1950—63), yangi tarix sho‘basi mudiri (1964—65), ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (1965—85). 1996 y.dan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida yetakchi ilmiy xodim.

Hamid Ziyoyevning ilmiy ishlari O‘rta Osiyo, Rossiya va Sharqiy Turkiston tarixi, 14—20-asrlardagi O‘zbekiston tarixini o‘rganishga oid. Hamid Ziyoyev Turkiston mustamlaka davri tarixi muammolari bilan bog‘liq tadqiqotlar olib borgan.

“Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash (18—20-asr boshlari)” (1998), “Istiqlol ma’naviyat negizi” (1999), “Tarix — o‘tmish va kelajak” (2000), “O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi” (2001) kabi kitoblari chop etilgan.

«Jasorat» medali bilan mukofotlangan (1994).