Cho‘lpon Ergash (1937-2010)

Cho‘lpon Ergash 1937 yil yozida Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilgan. Toshkent san’at institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan (1960—65).

Uning birinchi she’ri «O‘zbekiston» jurnalida chop bo‘ldi. 1970 yilda esa uning birinchi she’riy to‘plami «Tong yulduzi» nomi bilan bosilib chiqdi. «Bizning uyimiz» (1972), «Muborak kunlar» (1972), «Umid chirog‘i» (1979), «Bahor orzulari» (1980), «Tong otar sadolari» (1982), «Sehrli qo‘ng‘iroq», «Oy chodir tikmoqda» (1985), «Eng baland qasr» (1986), «Karvon kelar» (1990), «Orzuning og‘ir kipriklari» (1990) kabi o‘ndan ortiq she’riy majmualari chop etilgan.