Asror Mo‘min 1954 yil 14 yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1979).
Turli yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, “Sport” gazetasida bo‘lim mudiri, Bosh muharrir o‘rinbosari, Bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari, «Ko‘zgu» gazetasida Bosh muharrir o‘rinbosari, Bosh muharrir vazifasini bajaruvchi, “Jahon adabiyoti” jurnalida Bosh muharrir o‘rinbosari, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyotida 1-toifali muharrir, yetakchi mutaxassis, “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. 2008 yildan “O‘zbekiston ovozi” gazetasida bo‘lim mudiri.
U “Shuhrat” medali sohibi (1999), “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” (2011).