Adham Damin (1951-2019)

Adham Damin 1951 yil 19 oktyabrda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1974). “Toshkent oqshomi” gazetasida muxbir, “Yosh kuch” jurnalida muharrir, katta muharrir, “Ishonch” gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan. 1994 yildan “Temiryo‘lchi” gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan.

Yozuvchining “Jur’at”, “Futbolchi”, “Men sizga aytsam”, “Bag‘dodchasiga kulganda”, “Begunoh sevgi”, “Hayot va o‘lim”, “Saylanma” , “Bizda ham g‘urur bor” kabi kitoblari chop etilgan.