Otdim, osmonga chiqdi.
(Do‘ppi)
Bosh ustida chambarak,
Chambarakda kapalak.
(Do‘ppi)
O‘zi bitta,
Tuxumi to‘rtta,
Bolasi o‘n oltita.
(Do‘ppi)
Boshingdagi boshpana,
Qish-qirovda gulxona.
(Telpak)
Kunduzi himoya qiladi,
Kechasi qoziqda turadi.
(Kiyim)
Qora botir qaltiroq,
Sag‘irlari yaltiroq.
(Qora atlas)
Top, topishmoq,
Tanga yopishmoq.
(Ko‘ylak)
Erta turdi,
Ikki ayri yo‘lga tushdi.
(Shim)
Mushtum yerga tushdi.
(Cho‘ntak)
Ho‘kizni mindim,
Qo‘yni ko‘tardim,
G‘ovachaga gizlandim.
(Etik, telpak, ko‘ylak)
Bir tug‘ishgan ikki do‘st,
Bo‘ylari tizdan.
Qolmaydi bizdan,
Saqlaydi qor, muzdan.
(Etik)
Kechasi arvayadi,
Kunduzi semiradi.
(Mahsi)
Kunduzi haq-haq yuradi,
Kechasi ogzini ochib yotadi.
(Kovush)
Ketaveradi, ketaveradi,
Borgan joyida og‘zi ochilib qoladi.
(Kovush)
Eshikka chiqsam, mening bilan yuradi,
O‘yga kirsam, adanda menga qarab turadi.
(Kovush)
Besh og‘ayni, qo‘rasi bor,
Xonasi boshqa.
(Qo‘lqop)
Keragida osuvli,
Aqlliga biluvchi.
(Sochiq)
Chakka tomadi,
Erga tushmaydi.
(Zirak-sirg‘a)
Jar labiga yontoq ilindi.
(Zirak-sirg‘a)
Jar bo‘yida jalbiroq.
(Zirak-sirg‘a)
Mush-mush, mushukkina,
Qo‘lida ushuqqina.
(Uzuk)
Besh qo‘limda besh puta.
(Uzuk)
Buxorodan kelgan mundi,
Besh og‘ochga mindi.
(Angishvona)
Bir boyning o‘n qo‘yi bor,
Biri bog‘liq, to‘qqizi yeshiq.
(Uzuk)
Xonning belbog‘i beliga yetmas.
(Bilak uzuk)
Buxorodan kelgan minor,
Kelib, kelib, o‘n qo‘lga qo‘nar.
(Xina)
Qizil tuya chel yoqalab yuradi.
(Jiyak)
Ko‘kkina qo‘zim,
Qurt-qurt kavshaydi.
(Qaychi)
Ana yerda birov o‘layotibdi,
Og‘ziga qo‘lim tiqsam kulayotibdi.
(Qaychi)
Ikki podsho qon chiqarmay urishadi.
(Qaychi)
Ikki botir qilichlashar.
(Qaychi)
Ikki bo‘ri tog‘da o‘ynar, chang chiqarmay,
Ikkisi ham bir bosh yeydi, qon chiqarmay.
(Qaychi)
Fotima-Zuhra urishadi,
Merosini bo‘lishadi.
(Qaychi)
Bir o‘ra,
Bir o‘ra ichida ming o‘ra.
(Angishvona)
O‘zi bitta,
Ko‘zi mingta.
(Angishvona)
Bozordagi mo‘ndi,
Kelib qo‘limga qo‘ndi.
(Angishvona)
Yalang‘och qochadi,
Yorg‘oqli quvadi.
(Igna, angishvona)
Bir ko‘zli kampir,
Ko‘ylakka gul tikar.
(Igna)
Hammaga to‘n tikaman, o‘zpm yalang‘och.
(Igna)
Yilt etdi,
Qirdan oshdi.
(Igna)
Yantoq uchi yaltiroq.
(Igna)
O‘zi bir qarich,
Quyrug‘i o‘n bir qarich.
(Igna, ip)
O‘zi kichkina, ingichka, kokili uzun.
(Igna, ip)
O‘zi kumush,
Dumi uzun.
(Igna, ip)
Kichkina xotin,
Chochvoni uzun.
(Igna, ip)
Mittigina kelinchak,
Mayin sochi uzunchoq.
(Igna, ip)
Buvimning lachagi uzundan-uzun.
(Igna, ip)
Ko‘kkina qo‘zim,
Quvan sudraydi.
(Igna, ip)
Ko‘kkina echki ipini sudrab suv ichadi.
(Igna, ip)
Oq eshakka oq tushov,
Ko‘k eshakka ko‘k tushov.
(Igna, ip)
Uzun ilkim bor,
Kalta qilkim bor,
Jingila bo‘rkim bor.
(Ip, igna, angishvona)
Iyna,
Iynaning boshi tuyna.
(To‘g‘nag‘ich)
O‘t yemaydi bedanam,
Suv ichmaydi bedanam,
Tilla to‘qim ustida,
Yo‘rg‘alaydi bedanam.
(Tikish mashinasi)
Tegi ko‘mirchi,
Usti temirchi.
(Tikish mashinasi)