Bir kuni bo‘ri tulkinikiga kelibdi. Tulki bo‘rini ko‘rib, salomlashibdi. Bo‘ri:
— Tulkivoy, bugun sen meni bir mehmon qilgin, — debdi. Tulki:
— Mayli, bahonada ikkalamiz suhbatlashamiz. Men tayyorgarlik ko‘ray, sen qoiingni yuvib kel, — debdi. Tulki toshbaqani go‘sht, mayda-chuyda olib kelishga yuboribdi. Keyin dasturxon yozibdi, bor narsalarini olib, dasturxonga qo‘yibdi. Bo‘ri kiribdi. Ikkovi gaplashib o‘tirishibdi. Bir vaqt bo‘ri:
— Go‘shting qani, bormi, — debdi.
— Go‘sht olib kelgin deb, toshbaqani yuborgan edim. Shu paytgacha kelmadi, — debdi. Ular biroz kutishibdi. Bo‘rining toqati toq bo‘lib: — U o‘lguday sekin yuradi, o‘shani yuborasanmi? — debdi. Tulki: — Biroz kutaylik, kelsin, men uni boplayman, kechikkani uchun kosasini mayda-mayda qilib tashlayman, — debdi. Shunda:
— Agar shunday qiladigan bo‘lsang, bormayman, — degan ovoz kelibdi. Ular qarashsa, toshbaqa. U hali eshikka ham borib yetmagan ekan.