Bajarib bo‘lmaydigan buyruq

Bir podsho vazirini chaqirib, buyuribdi:
— Bir imorat qurdirgin. Imoratning tepasi osmonga, tagi yerga tegmasin.
Vazir:
— Xo‘p, mayli. Men aytganlaringizni bajaraman. Lekin siz ham qovoqqa o‘xshagan yo‘l-yo‘l ochiq savat to‘qiting. Men ishlayotgan joyga shu savatda suyuq osh solib olib borishsin, — debdi.
Shunda podsho:
— Savatda ham hech zamonda suyuq osh turadimi, ahmoq, — deb urishibdi.
Vazir:
— Ey, podshohim, bo‘lmasa, havoga imorat qurib bo‘ladimi, — deb podshoni mot qilgan ekan.