Abdulla Qodiriy (1894-1938)

Abdulla Qodiriy 1894 yil 4 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Musulmon maktabida (1904—06), rus-tuzem maktabida (1908-12), Abulqosim shayx madrasasida (1916—17) ta’lim olgan; Moskvadagi adabiyot kursida davomi…

Munavvar qori Abdurashidxonov (1878-1931)

Adib, murabbiy, muharrir, ma’rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li 1878 yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tug‘ildi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida o‘qidi, so‘ngra tahsilini Buxoroda davom ettirdi, Toshkentga qaytgach, Darxon masjidida imomlik vazifasini bajaradi. Munavvar davomi…

Nosir Muhammad (1946-2017)

Nosir Muhammad (Nasriddin Muhammadiyev) 1946 yilning 2 dekabrida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ qo‘rg‘onida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. “Toshkent oqshomi” gazetasida kichik adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976-79 yillari Eronda tarjimon, “Yoshlik” jurnalida mas’ul kotib (1985-1993), O‘zbekiston Milliy davomi…

Muhtarama Ulug‘ (1952)

Muhtarama Ulug‘ova 1952 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1972). “Boychechakning tushlari” nomli birinchi she’riy to‘plami 1983 yilda bosilib chiqqan. “Muhabbatga to‘ymasman sira” (1985), “Kunlarning bag‘ri keng” (1987), “Ey dilim!” (2008) nomli davomi…

Chorsham’ (1955)

Chorsham’ 1955 yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining junalistika fakultetini tamomlagan. “Sharqiy qutb”, “Mahak tosh”, “Afandi aldamaydi”, “Ayro yo‘llar”, “Sevgini sog‘indim”, “Oshiqlik”, “Saylanma” kitoblari chop etilgan. YaShASh FALSAFASI Yashash falsafasi juda ham sodda, Ko‘zingda porlasin hamisha uchqun. Yoshing yettidami yoki yetmishda davomi…

Asad Asil (1941)

Asad Asil 1941 yilning 14 iyulida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Xondayliq qishlog‘ida tavallud topgan. 1966 yil Toshkent Davlat pedagogika institutining pedagogika fakultetini, 1972 yil Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Bo‘stonliq, Qibray tumani gazetalari tahririyatlarida, keyinchalik “Sharq yulduzi” va “Guliston” davomi…

Sultonmurod Olim (1954)

Adabiyotshunos olim Sultonmurod Olimov 1954 yili Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi Qirg‘izon qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1993 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida laborant, katta laborant, davomi…

Omon Muxtor (1941-2013)

Omon Muxtor (Muxtorov Omon Sulaymonovich) 1941 yil 16 iyulda Buxoroda tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1991). ToshDU filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini tugatgan (1964). «Chorlar quyoshli yo‘llar» (1966), «Ohang» (1974), «Yog‘du» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) she’riy to‘plamlar, «Nigoh» (1968), davomi…