Po‘lat Mo‘min yoshligidanoq adabiyotga havas qo‘ydi. U Toshkent pedagogika bilim yurtida o‘qib yurgan vaqtida adabiyot to‘garagiga faol qatnashdi. Adabiyotni qunt bilan o‘qidi, o‘rgandi. Hozirgi Nizomiy nomli Toshkent daviat pedagogika universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomlagach, aspiranturada o‘qidi, maktablarda o‘qituvchilik qildi. So‘ngra O‘zbekiston Davlat nashriyotida ishladi. P. Mo‘min qayerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhabbat bilan qaradi. Birinchi she’rlar to‘plami 1949 yilda „Sayrang, qushlar“ nomi bilan nashr etildi.
Bolalar uchun ijod qilish, bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun qobiliyat va istakning o‘zigina yetmaydi. Belinskiy ta’rifi bilan aytganda, bolalar yozuvchisi bo‘lib tug‘ilish kerak. Bu bolalar yozuvchisi mohir pedagoglarday bola qalbining bilimdoni bo‘lsin, nozik ta’b egasi, go‘zal tabiati va psixologiyasining bilimdoni, mehribon va bolajon, kamtarin va samimiy, bolalarcha soddadil hamda dono boisin, degan mazmunni anglatadi.
O‘zbekiston xalq shoiri Poiat Mo‘minning ijodiy mehnati tufayli „Hunardan unar“, „To‘g‘ri o‘sgan gul bo‘lar“, „Aql qayerda bo‘lar“, „O‘rinbosarlar“, „0ltin nay“, „Bir yarim Karim“, „Endi adashmaydi“, „Barcha bola do‘st bo‘lsa“, „Rahmatga rahmat“, „Gazpolvon ertak aytar“, „Chang yutar botir“, „Oftob va odob“, „Yaxshilarga o‘xshasam“, „Bu juda soz“, „Eson va Omon“, „0ltmish olti oltin qo‘l“, „Ustozlar izidan“, „Bolalarning baxti kulgan“, „Bir yuz bir oltin qo‘l“ she’riy to‘plamlari, „Chanoqvoy bilan Qovoqvoy“, „Bahodirning botirligi“, „Oq fil yo‘qoldi“, „Suqatoy-Konfetvoy“, „Ona bolam deydi…“ kabi ertaklari, pesalari yuzaga keldi. Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi she’r va qo‘shiqlari, doston va ertaklari bolalar adabiyoti xazinasiga
munosib hissa bo‘lib qo‘shildi, uni boyitdi. Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqlari tillariga taijima qilingan.
PAPKA BILAN SIYoHDON
Siyohdon bilan papka
Tushibdi hasrat — gapga.
Gaplar cho‘zilmish ancha,
So‘zlashibdi bilgancha.
Papka debdi: — Siyohdon,
Bu ishing juda yomon.
Atrof toidi siyohga,
Arzga boray qayoqqa.
Bunaqangi boima bez,
Axir chiqib ketgin tez.
Shunda papka ichidan
Siyohdon debdi chindan:
— Hurmatli do‘stim, Papka,
Mendan qilmagin o‘pka,
Uyi tomon ketganda
Koptok qilib tepganda,
To‘kilaman har yonga
Ayb qo‘yma sen menga,
Egamiz o‘zi nodon,
Bizni asraydi yomon.
Nima desa egamiz,
Unga bo‘yin egamiz.
Egamdan ko‘p hasratim,
Taqdirlamas xizmatim.
Ichim to‘la non uvoq,
Shu ham bo‘ldimi siyoh?
Papka debdi: — Siyohdon,
Topgin iloj va imkon.
— Qochgin, — debdi Siyohdon, —
Egamiz boisin sarson.
Papkadan kitob, daftar:
— Ma’qul, — debdi bu gaplar.
Papka bir kuni taqqa —
Qochmish noma’lum yoqqa…
O‘sha papka egasi
Qarabsizki, ertasi,
Darsga kepti bepapka,
Rosa qolibdi gapga.
TISh ChO‘TKA, POROShOK VA ATIRSOVUN ERTAGI
O‘qib ko‘ring, do‘stlarim,
Yozdim sizga bir ertak.
Yaxshi payqab oladi
Bo‘lib tursa kim sergak.
Afsona deb o‘ylamang
Yozganimni tag‘in siz.
Eshmat degan bolani
Siz ham yaxshi tanirsiz.
Ha, men uning ishlarin
Sizga ta’rif etaman.
Bilganimning ko‘pini
Bitta-bitta bitaman.
Eshmat nima bo‘pti-yu
Yalqovlashib qolibdi.
Keyin ancha darslardan
„2“, „3“ ham olibdi.
Maktabiga kechikib,
Borar emish ba’zida.
Vazifani bajarmay
Qizararmish darsida.
Tongda badantarbiya
Qilmoq juda ham foyda.
Lekin barcha ishida
Yo‘q-da tartib-qoida.
Ozodalik odamning
Tani-joniga malham.
Hammom degan joyga-chi
Bormabdi uch oyda ham.
Ustidagi kiyimin
Yurmas tozalab, taxlab,
Hatto odat bo‘yicha
Yuvinmasmish yaxshilab.
Qarang, bir kun Eshmatning
Tishi og‘rib qoldi-ku.
Kuni bilan voy-voylab
Borolmadi darsga u.
Xo‘sh, oshnalar, Eshmatni
Hozir yozmay turamiz.
Nega bunday boiganin
Sababini ko‘ramiz.
Eshmatvoyda bor edi
Poroshok, cho‘tka, sovun.
Yuvinganda bulami
Ishlatmapti u nechun?
Shundan keyin poroshok,
Sovun bilan tish cho‘tka
Rosa suhbat qilishdi,
O‘tirishib bir chetga.
Qani, keling, bilaylik,
Uchalasin didini.
Sovunxon gap boshlabdi
Gurkiratib hidini:
— Sizga aytsam rostini,
Juda asl narsaman.
Atirgullar husnidan
Yashnab turar keng chaman.
Mening atir hidimni
Chamanzordan olishar.
Xizmatimga hamisha
Ko‘plar qoyil qolishar.
Agar gapni cho‘zvorsam,
Do‘stlar meni kechiring,
Fikr-u yodim tozalik,
Dushmaniman kir-chirning.
Kimki meni ishlatsa
Bo‘lar sog‘lom, ozoda.
Shu ishimdan tarqatdim
Yurtga yaxshi ovoza.
Lekin mening qadrimga
Eshmat sira yetmaydi.
Qolib ketdim chang-chungda
Qarang, parvo etmaydi.
Oldinlari Eshmatning
Yuzini ko‘p yuvardim.
Uning tani-jonidan
Kasallikni quvardim.
Ko‘rdingizmi Eshmatning
Qochip qopti mazasi.
Qildi o‘ziga o‘zi,
Tortmoqda u jazosin. —
Bor-yo‘q gapni gapirdi,
Sovun rosa ko‘pirdi.
Tingladi ham tish cho‘tka
Va poroshok oitirib.
Shu paytda to‘satdan
Jimlikni buzdi cho‘tka.
Soqolini silkitib,
O‘midan turdi tikka.
— Qarang, bizning Eshmatni,
Uxlolmaydi voy-voylab.
Poroshok va men bilan
Tish yuvmadi bir oylab.
Oldinlari tishlari
Ko‘rinardi dur kabi.
Bajarilardi nuqul
Eshmatning har talabi.
Fabrikada men uchun
Talay mehnat qilishgan.
Keyin dorixonaga
Tczda olib kelishgan.
Men ham sizday aslman,
Gavdam toza suyakdan.
Qadrlashar har yerda
Do‘stlarim chin yurakdan.
Poroshokvoy ma’qullar
Cho‘tkavoyning so‘zini,
Ulug‘sifat tutardi
Poroshokvoy o‘zini.
Shunday qilib uch o‘rtoq
Rosa uzoq so‘zlashdi.
Eshmatvoyga har gapda
Yaxshilikni ko‘zlashdi.
Endi, yana, eshiting,
Eshmatvoydan gapni siz.
Tish og‘rig‘i tuzalib,
Ketgan emish bilsangiz.
U boribdi doktorga
Ushlab olib lunjini
Kiribdi yurib zo‘rg‘a,
Tishlariga doktor ham
Achinganday bo‘libdi.
Ko‘rsa Eshmat tishlarin
Kir-chirlarga to‘libdi.
Doktor opa Eshmatga
Ko‘p nasihat qilibdi.
Maslahatni ma’qullab,
Eshmat uyga kelibdi.
Tishlarini yuvibdi
Poroshok-la cho‘tkalab.
Badantarbiya qilibdi
Ertasiga ertalab.
Bu ishlarni Eshmatvoy
Odat qilib olibdi.
Ko‘rgan tanish-bilishlar
Xursand bo‘lib qolibdi.
Eshmat barcha ishida
Saqlar tartib-qoida.
O‘qishi ham sog‘ligi
Bo‘lib qolgan joyida.