Ollobergan Po‘latov (1935-2023)

Ollobergan Po‘latov 1935 yili Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktab ta’limidan so‘ng Urganch shahar O‘qituvchilar institutining til va adabiyot fakultetini tamomlagan.
O. Po‘latov 1960-1971 yillarda tuman gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari bolib ishlagan. 1963 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida sirtdan o‘qib, oliy ma’lumot olgan. So‘ng qariyb chorak asr “Shonli mehnat” gazetasi muharriri bo‘lib ishlagan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O. Po‘latov “Xorazm”, “Umri boqiy g‘azalxon”, “Kamaymas boylik”, “Er farzandi” nomli dostonlarning muallifidir.
2023 yil 26 mart kuni vafot etgan.

BUVIM KELSA…

Buvim kelsa uyimiz
Qolar to‘yga aylanib.
Shodlik qilmoqqa go‘yo
Turganday biz shaylanib.
Lek ular uylariga
Jo‘nab qolsalar bexos,
Bir nima yo‘qotganday
Xomush bo‘lamiz ro‘y-rost.

GULASAL

Tong uyg‘onib Gulasal
Gullarga suv quyadi.
Uy-xonani tozalab
Qo‘l-yuzini yuvadi.
So‘ngra nonushta qilib
Bog‘chasiga yo‘l olar.
Buvisi mamnun bo‘lib,
Doim kuzatib qolar.

BOQIY YaShANG

To‘lgan kuningiz yuzga
Dildan qutlab, olqishlab,
Buvijonim, men Sizga
Ha, she’r yozdim bag‘ishlab.
Zamona ardog‘ida
Boqiy yashang, sog‘ bo‘ling.
Hur Vatan gulbog‘ida
Doim vaqti chog‘ bo‘ling.

KIChIK RASSOM

Jajji singlim Muyassar
Chizib qizning rasmini,
Nilufar deb pastiga
Yozib qo‘ydi ismini.
Qo‘lda qalam, qog‘ozi,
Beto‘xtov qilar ijod.
Ulg‘aysa rassom bo‘lar,
Bor unda zo‘r iste’dod.

DUGONALAR

Tong-la Shahnoza, Oyxon,
Biramki xursand, shodon,
Ikkalasi yonma-yon,
Yo‘l olishdi maktabga.
Opa-yu singil misol,
Dildan so‘zlashib xushhol,
Qoida papka — bemalol,
Yo‘l olishdi maktabga.
Qarang, mehribon, inoq,
Qoi ushlashib xushchaqchaq.
Gulday ochilib quvnoq,
Yo‘l olishdi maktabga.

ORZU

Uyga kelgan mehmonlar
Nodirani maqtashdi.
Dildan qutlab, boiajak
Shoira deb atashdi.
Nodirabegim misol
Nevaram she’rlar bitib,
Qaniydi shuhrat topsa
Ona yurtin shod etib.

YoRDAMChI

Sarvarjon bobosini
Biram yaxshi ko‘radi.
Daraxt eksa yonida
Yordamlashib yuradi.
Jo‘nab ketdi bugun ham
Bobosi bilan birga.
Bog‘da mehnat qilar u,
Go‘yo to‘lib mehrga.

MITTI JOMALAR

Mitti, mitti jo‘jalar,
Chiroylisiz munchalar.
Chip-chip, chip-chip etasiz
Ham kunduz, ham kechalar.
Uyg‘onganoq ertalab,
Sepgan donim erkalab,
Terib yeysiz erinmay,
Bitta, bitta, bittalab.
Tariq ko‘zingiz chiroq,
Eh, sho‘xsiz, o‘yinqaroq.
Chopishasiz yonimga
Meni ko‘rib qolgan choq.
Mitti, mitti jo‘jalar,
Chiroylisiz munchalar,
Chip-chip, chip-chip etasiz
Ham kunduz, ham kechalar.

ChEVAR BO‘LAMAN

Qo‘g‘irchog‘imga
Tikdim ko‘ylak, shim.
Biram chiroyli,
Ixcham, bejirim.
Oyimlar mendan
Xursand edilar.
Bag‘riga bosib
Shunday dedilar:
— Jajji qo‘llaring
Tolmasin, qizim.
Oyim, oppog‘im,
Zuhro yulduzim.

ODOBLI QIZ

Oyi, har kun yalasam
Muzqaymoq,
Siz aytganday bo‘lardim
Qiz oppoq.
Xarxashamni ham tashlab
Men asta,
Odobli qiz bo‘lardim
Birpasda.