Obidxon Mamadaliyev 1988 yili Namangan shahrida tug‘ilgan. She’rlari viloyat, respublika nashrlarida e’lon qilingan.
* * *
Yalla aytsin yangalar
Navolarga to‘ymaymiz
Kel sevgilim ozgina
Sevgi-sevgi o‘ynaymiz
Dunyoni biroz unut
Anglaylik sevgi sirin
Ertak-ertak o‘ynaymiz
Men Farhod-u, sen Shirin
Kel o‘ylanmay xo‘p degin
Muhabbatdan tirik yer
Yurak-yurak o‘ynaymiz
Menga yuragingni ber
Qara g‘amlar orqada
Yoningga eldek-eldim
Turmush-turmush o‘ynaylik
Qo‘lingni so‘rab keldim
Kel-kelaqol parivash
Qadamingni tezlatib
Hola-hola o‘ynaymiz
Yoshlikni bir eslatib
Kelda qanday orom bor
Aytchi meni qo‘ynashdan
Faqat hudo asrasin
O‘lim-o‘lim o‘ynashdan
* * *
Meni kechir hech borolmadim ,
Mag‘rur dilning zardasi qursin
Oy yuzingni bir ko‘rolmadim
Derazangni pardasi qursin
Yurak qulfin senga ochardim
Istasang kir gullagan chaman
Seni shartta olib qochardim
Uyingdagi itdan qo‘rqaman
Jami hurlar bir yonga o‘tsin
Bir yonga o‘t, senga taraf yo‘q
Qosh ko‘zingni gapirmay turay
Chap yuzdagi holinga gap yo‘q
Shamol silar sunbul sochingni
Hazonlar ham poyingda sarson
Maysalarni yanchib yurardim
Endi maysa ortida buj on
To‘kildim-u, to‘la olmadim
Mayli taqdir qandini ursin
Oy yuzingni ko‘ra olmadim
Derazangni pardasi qursin
* * *
Salom meni ezilgan ko‘nglim,
Salom meni sevolmagan qiz
O‘rik pishib tagiga tushdi
Meni hamon sevolmadingiz
Salom hayot men yana qaytdim
Faqat endi yuraksiz bo‘lib
Menga hamma kerak bo‘lgan payt
Qolmadimmi keraksiz bo‘lib
Dunyo mening yirtiq ko‘ylagim
Endi uni yechib tashlayman
Bo‘ldi odam bo‘lib yashash yo‘q
Endi shoir bo‘lib yashayman
Balandparvoz gapdan bo‘l yiroq
O‘ldim-kuydim barii dahmaza
Bitta masum go‘dak ko‘zidan
Bu dunyoga qarasang maza
Umr asli daryoga o‘xshar
Insonmizda ketganmiz ko‘nib
Goh mavjlanib to‘lqinlanamiz
Goh qirg‘oqda qolamiz tinib
Men nolimay yashayman tangrim
Lekin dilda biroz alam bor
Bordan bori ota-onam va
Bitta qog‘oz bitta qalam bor
Ko‘nglimni-ku yozsa bo‘ladi
She’r yozishni qayeri xavas
Shoirman deb kerilib ketib
Har narsani yozish yaxshimas
Lek bexato yashash shart do‘stim
Bu dunyoga kelmaymiz yana
So‘zlarimdan zeriktingizmi
She’rim tamom ketyapman mana
Hayr mening dushmanim dunyo
Hayr meni sevolmagan qiz
Xato qildim deysiz siz hali
O‘g‘lingizga ismim qo‘yasiz
… Salom mening yangi adashim
* * *
Qo‘y, meni siqaverma,
Tushunginda, jon yurak!
Shamdagi ufq misoli
Endi qizil qon, yurak!
Kuysang – Vatan ishqida,
Yonsang – shunga yon yurak!
Bevafoning ishqidan
Aytgin o‘zing, ne foyda?!
Vatan unib chiqadi
Vatan sevilgan joyda.
Qiz sevganlar hijronda!
Ishonmasang ko‘r, mana!
Oldiga bor: “Holing ne?”
Deb o‘zidan so‘r, mana!
O‘z yurtini sevganlar
Menga hamdam jo‘r, mana!
Sevgi-pevgi, oh-vohlar
O‘tib ketar befoyda!
Vatan unib chiqadi
Vatan sevilgan joyda.
Men ham sevdim, dilimni
Cho‘g‘ ayladi qalamqosh.
Sevaman deb yurakni
Tog‘ ayladi qalamqosh.
Ozgina mehrimni ham
Yo‘q ayladi qalamqosh.
Endi yuzi oyda-yu,
Sochi sharqiroq soyda!..
Vatan unib chiqadi
Vatan sevilgan joyda.
Kelajaging yo‘q deya
Va’da qilgan insonlar,
Oy yuzingga o‘tmishni
Parda qilgan insonlar,
Sen alamdan yig‘lasang
Handa qilgan insonlar,
Qayda pisib yoturlar
Ahvollari “Voy-voy”da!
Vatan unib chiqadi
Vatan sevilgan joyda.
Boshimga g‘am kelganda
Parvonasan, jon elim!
Endi dard-u alamga
Begonasan, jon elim!
Xudo bitta, sen ham bir,
Yagonasan, jon elim!
Xudoni sev, avvalo!
Oxiratda zo‘r foyda.
Vatan unib chiqadi
Vatan sevilgan joyda.
Doim xizmatingga shay,
Zobit bo‘lib sevaman!
So‘zlarimga ahd tikib,
Sobit bo‘lib sevaman!
Obidman, Obidingman
Obid bo‘lib sevaman!
Sevgisiz o‘tsa kuning,
Yashaganing befoyda.
Vatan unib chiqadi
Vatan sevilgan joyda…
* * *
Dunyoda ko‘p ekan nozik sanamlar
Hurliqo emishlar dunyoning naqshi
Nozik barmoqLarin o‘pgandan ko‘ra
Ona…. oyog‘ingiz o‘pganim yaxshi
Olloh nomingizni ulug‘ yaratmish
Faqat o‘zingizga dil to‘kaman men
Dunyoning nurlari poyimga kelsin
Ona …..poyingizga tiz cho‘kaman men
Mehringiz yer sharin o‘rab olganday
Osmonlar kichkina, dunyo mitti-ku
Go‘zallar-lar so‘zi ko‘plikku axir
Onam yagona-ku onam bitta-ku
Sizning bag‘ringizda go‘dakdayman-a
Qirq yoshda ham shunga moyil qolaman
Onamning bol tomgan so‘zlariga va
Otamning didiga qoyil qolaman.