Erpo‘lat Baxt (1971)

Erpo‘lat Baxt 1971 yilning 1 sentyabrida Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanidagi Qipchoq qishlog‘ida dunyoga keldi. Otasi o‘qituvchi bo‘lgan. Onasi jamoa dalalarida ko‘p yillar mehnat qilgan.
Erpo‘lat Baxt 1989-1991 yillarda harbiy xizmatda bo‘ldi. 1992-1998 yillarda ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi.
1997 yil shoir hayotida unutilmas yil bo‘ldi. Uning „Quyoshning tabassumi“ nomli ilk kitobi nashrdan chiqdi. 2000 yili „Istiqlol umidlari“ almanaxida yana bir turkum she’rlari e’lon qilindi.
Shoir 1999 yili „Shuhrat“ medali bilan taqdirlandi. Erpo‘lat Baxt bolalar adabiyotini olmas asarlar bilan boyitishni hayotining bosh maqsadi deb biladi.

MOMOMNING KOVUShI

Shukr, momom bag‘rida,
Yashayapmiz isinib.
Keksayganda bizni deb
Qoldi biroz qisinib.
Har yakshanba bozorga,
Jun sotgani ketadi.
Axir jinday nafaqa
Nimagayam yetadi?
…Qish kunlari ajoyib,
Fayz oladi mahalla.
O‘ynamasdan qorbo‘ron
Aytgum ukamga alla.
Momom ketgan bozorga,
G‘archa-g‘urch qomi bosib.
Kelib qolar hademay,
Elkaga to‘rva osib.
Onajonim tabiat,
Tezroq haydagil qishni,
Yirtilmasin yozgacha,
Momojonim kovushi.

MO‘RINING ShIKOYaTI

Agar meni qiynasa,
Pechkaning sho‘x tutuni.
Rahmim kelib gohida
Ozod qilaman uni.
— Erkinlikka chiqaqol,—
Deyman u bechoraga
U boisa chiqar chogi,
Bo‘yar meni qoraga.

MOYChEChAKNING QALPOG‘I

Erta ko‘kiam moychechak
Qalpoq kiydi quyoshrang.
Hayrat ichra do‘stlari,
Boiishdilar hang-u mang.
Kibr-u havo band etdi,
Moychechakning o‘yini.
Ko‘z-ko‘zladi qalpoq-la,
Mittigina bo‘yini.
Uning maqtanchoqligi,
Yoqmadi deyman chogi,
Moychechakdan arazlab,
Uchib ketdi qalpogi.

SUZIShNI O‘RGANAY

To‘lib oqqan anhorga,
Tushib ketdi paqirim,
Shosha-pisha yordamga,
Jo‘rabekni chaqirdim.
Eng shimarib dedi u:
— Qotiramiz bu ishni
Faqat shoshma, men oldin
O‘rganayin suzishni.

MAQTANChOQ MUShUK

Bitta sichqon ovlagani
Jonni qiynab yurmayman.
Teshikdan chiqqanda ham
Ortidan yugurmayman.
Omborxona ichida
Sanqishning yo‘q keragi.
Temir qopqon o‘ljani,
O‘zi ushlab beradi.